Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin saylovlar kuni Ukrainaga zarba bermaslik bo‘yicha buyruq berishga tayyor – Peskov

© Sputnik / Pelagiya Tixonova / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov vistupil na forume "Territoriya smislov"
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov vistupil na forume Territoriya smislov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
Peskov 60 kunlik sulh Ukrainaga saylovlar o‘tkazish uchun emas, balki “yaralarni davolash” va urushni davom ettirish uchun kerak deb hisoblaydi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, agar Kiyev haqiqatan ham saylovlar o‘tkazishni istasa, saylovlar kuni Ukrainaga zarba bermaslik to‘g‘risida buyruq berishga tayyor. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Prezident bu haqda allaqachon gapirgan, ammo men uning nomidan to‘liq mas’uliyat bilan aytishim mumkinki, agar u yerda, Kiyev haqiqatan ham saylovlar o‘tkazmoqchi bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi prezidenti, oliy bosh qo‘mondon saylovlar kuni Ukrainaga zarba bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berishga tayyor. Aynan saylov kuni. Bu juda muhim qo‘shimcha”, - deya ta’kidladi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 60 kunlik sulh Ukrainaga saylovlar o‘tkazish uchun emas, balki “yaralarni davolash” va urushni davom ettirish uchun kerak.
Vladimir Zelenskiyning 60 kunlik sulh sharoitida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorligi haqidagi bayonotiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham livanlik hamkasbi Yusuf Raji bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida munosabat bildirdi.

“U tanaffusga loyiq deb o‘ylamayman. Biz galdagi ishontirish va va’dalarga uchmaymiz. Prezident [Rossiya prezidenti Vladimir Putin] buni juda aniq aytdi. Maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishda davom etamiz. Ular hammaga yaxshi ma’lum. Biz ularni Zelenskiy va uning yevropalik xo‘jayinlaridan farqli o‘laroq, hech qachon o‘zgartirmaganmiz”, - dedi Lavrov.

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni jurnalistlarga Vladimir Zelenskiy Ukraina mojarosini ko‘p marta hal qila olgan bo‘lishi mumkinligini, ammo bunday qilmaganini aytdi. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Rossiya bilan kelisha oladigan yangi rahbar kerak. Keyinroq u Ukrainada saylovlar o‘tkazishga chaqirdi. Zelenskiy esa Rossiya 60 kunlik to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, prezident saylovlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. O‘sha paytda Ukraina prezidenti saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik ro‘kach qilinib bekor qilindi. Zelenskiy hozir saylovlar mavridi emasligini aytdi. 2025-yil dekabr oyida Tramp ularning zarurligi haqida gapirdi, u Kiyev rejimi rahbarini “saylovlarsiz diktator” deb atadi va uning reytingi to‘rt foizga tushganligini ta’kidladi.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Peskov: Zelenskiy mojaroni to‘xtatish uchun iroda ko‘rsatmayapti
Yangiliklar lentasi
0