O‘zbekistonda mudofaa vaziri o‘zgardi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Xalmuhamedov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Qudratxo‘jayev nomzodini mudofaa vaziri lavozimiga ma’qulladi.
General-mayor Botir Qudratxo‘jayev joriy yil yanvaridan bbuyon ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Operativ-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avval u Favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqargan, O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokuror bo‘lib ishlagan. 2020-yildan Xorazm viloyati prokurori, 2017-yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori bo‘lgan. 2016−2017 yillarda Toshkent shahri prokurori, 2014−2016 yillarda esa Surxondaryo viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.
Botir Qudratxo‘jayev mudofaa vaziri lavozimida 2024-yil noyabridan beri ishlab kelgan general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedovning o‘rnini egallaydi.
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0