O‘zbekistonda 2030-yilgacha markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi
16:18 12.10.2026 (yangilandi: 18:01 12.10.2026)

© Sputnik / Sgenerirovano II
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bir kishiga yiliga o‘rtacha 1 350 kub metr suv sarflanadi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilgacha markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrovni 90 foizga, markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrovni esa 28 foizga yetkazish, suv yo‘qotishlari darajasini 35 foizdan 25 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha Tarmoqlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbirda Suv xo‘jaligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari, Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 2027-yilgi Suvni tejash bo‘yicha xalqaro forumga tayyorgarlik, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini 2030-yilgacha takomillashtirish strategiyasi loyihasi, sohada amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda milliy tashkilotlar va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

1/3
© Sputnik

2/3
© Sputnik

3/3
© Sputnik
1/3
© Sputnik
2/3
© Sputnik
3/3
© Sputnik
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaning aytishicha, O‘zbekistonda bir kishiga yiliga o‘rtacha 1 350 kub metr suv sarflanadi. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakatda suv olish imkoniyatlari 7 milliard kub metrga qisqarishi mumkin.
“Strategiya loyihasi doirasida 2 098 ta ichimlik suvi inshooti va 37 ta oqova suv inshootini ta’mirlash, shuningdek, 15 080 km ichimlik suvi va 1 810 km oqova suv tarmoqlarini ta’mirlash rejalashtirilgan”, - dedi u.
Tadbir davomida sohani raqamlashtirish maqsadida suv inshootlari va tarmoqlarining GIS-formatidagi raqamli xaritalarini yaratish, SCADA tizimlarini joriy etish hamda 14 ta hududda yagona situatsion markaz tashkil qilish ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi.
Barcha iste’molchilarni suv hisoblagichlari bilan to‘liq ta’minlash, davlat-xususiy sheriklik asosida 8 ta loyihani amalga oshirish va 13,6 million kVt/soat elektr energiyasini tejash maqsad qilingan.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tushumlarining kamida 20 foizini inshootlar va tarmoqlarning amortizatsiyasi, joriy va kapital ta’mirlash ishlariga yo‘naltirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tushumlarining kamida 20 foizini inshootlar va tarmoqlarning amortizatsiyasi, joriy va kapital ta’mirlash ishlariga yo‘naltirish nazarda tutilgan.
2026 yil sentabr holatiga O‘zbekistonda aholining 83,3 foizi markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan, 22,1 foizi esa markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olingan, deya aniqlik kiritdi "O‘zsuvta’minot" Sputnik muxbiriga.