Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

© Sputnik / Sgenerirovano IIEkstrennaya pomosh u aeroporta Er-Riyada
Ekstrennaya pomosh u aeroporta Er-Riyada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
Hodisa vaqtida aeroportda bo‘lgan yana 20 ga yaqin o‘zbekistonlik jabrlanmagan.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. 10 oktabr kuni Saudiyaning Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportining 3-terminaliga ballistik raketa uchirilishi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik yengil jarohatlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanshicha, 1977 va 1997-yillarda tug‘ilgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, so‘ng “Diriyah Hospital” shifoxonasiga yetkazilgan. Tibbiy tekshiruv va zarur muolajalardan so‘ng ikkala bemor ham shifoxonadan javob berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jabrlanmagan.
Fayziyev hozir O‘zbekistonning Ar Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli organlari bilan birgalikda vaziyat rivojini kuzatishda davom etayotganini bildirdi. Fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik yordami ko‘rsatilayotgani qayd etilgan.
Eslatamiz, Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lib, 300 nafardan ortiq kishi jarohat olgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod aeroportiga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni qat’iy qoraladi.
Fasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2026
O‘zbekiston TIV: husiylarning Ar-Riyod aeroportiga uyushtirgan hujumini qat’iy qoralaymiz
Yangiliklar lentasi
0