Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp Zelenskiyni saylovlar o‘tkazishga chaqirdi

© AP Photo / Julia Demaree NikhinsonDonald Tramp i Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Donald Tramp i Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2026
Obuna bo‘lish
Amerika prezidenti Ukrainaga yangi rahbar lozim deb hisoblaydi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy Ukrainada saylovlar o‘tkazishi kerakligini ma’lum qildi.

“Men o‘ylaymanki, u (Zelenskiy – tahr.) saylovlar o‘tkazishi zarur. U bu mojaroni ko‘p marotaba hal qilishi mumkin edi, va u saylovlar o‘tkazishi kerak”, – dedi Tramp jurnalistlarga.

Shuningdek, Amerika prezidenti Ukraina uchun yangi rahbar saylash vaqti kelgan deb hisoblaydi. Tramp Zelenskiyni Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berib, butun dunyo uchun muammo tug‘dirishni istashda aybladi.
“U dunyoga muammo tug‘dirmoqchi. U dizel yoqilg‘isi tufayli fermerlarimizga muammo tug‘dirmoqchi, chunki Rossiya butun dunyo bo‘ylab dizel yoqilg‘isining katta qismini yetkazib beradi”, – dedi Oq uy rahbari.
Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. O‘sha paytda Ukraina prezidenti saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik ro‘kach qilinib bekor qilindi. Zelenskiy hozir saylovlar mavridi emasligini aytdi. 2025-yil dekabr oyida Tramp ularning zarurligi haqida gapirdi, u Kiyev rejimi rahbarini “saylovlarsiz diktator” deb atadi va uning reytingi to‘rt foizga tushganligini ta’kidladi.
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2026
Bu Putinning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘ldi — Zelenskiy Rossiya-AQSh kelishuvi haqida
Yangiliklar lentasi
0