O‘zbekistonda banklarning kredit to‘lovlarini avtomatik yechib olishiga cheklov qo‘yiladi

© Sputnik / Baxrom Xatamov Uzbekskiy sum
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2026
Obuna bo‘lish
Mablag‘ yechib olingach, mijozning kartalarida kamida MHTEKMning 50 foizi (680 ming so‘m) qolishi kerak.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 2027 yil 10-yanvardan O‘zbekistonda banklar mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik bo‘yicha to‘lovlarni undirishda uning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) kamida yarmiga teng pulni saqlab qolishi shart bo‘ladi. Bu Markaziy bank qarorida belgilangan.
Hozir MHTEKM yarmi 680 ming so‘mni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, bu talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Chalg‘ituvchi kredit taklif qilgan banklar faoliyati cheklanadi
Yangiliklar lentasi
0