Shavkat Mirziyoyev MDHda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi
14:37 09.10.2026 (yangilandi: 14:43 09.10.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zaro ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish ayniqsa muhim, dedi Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida ishtirok etdi.
O‘z nutqida prezident davlat rahbarlarini Hamdo‘stlikning 35-yilligi bilan tabriklab, yuz berayotgan o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatlarimiz va xalqlarimizni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelayotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev na sammite SNG
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston prezidenti to‘xtalib o‘tgan asosiy mavzular:
Iqtisodiy integratsiya va ishlab chiqarish kooperatsiyasi barqarorlik va taraqqiyotning asosiy poydevorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Savdo-investitsiyaviy sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, oddiy tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish zarur.
Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarur.
Oziq-ovqat xavfsizligi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturini tez fursatda kelishib olish va tasdiqlash maqsadga muvofiq. Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiq.
Sanoat hamkorligi. Sanoat sohasida imkoniyatlarni birlashtirish va o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish muhim ahamiyatga ega. Biznes vakillarining hamkorlikda ishlashdan manfaatdorligi yuqori ekani, buni yanada rivojlantirish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tez fursatda kelishib olinishi zarurligi qayd etildi.
Transport bog‘liqlik. O‘zbekiston integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish tarafdori.
Energetika xavfsizligini ta’minlash borasida yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan uzoq muddatli prognozga ehtiyoj yuqori. Bu esa energiyaning mavsumiy ortiqchaligi va taqchilligi qayerda va qachon yuzaga kelishi, qaysi tarmoqlarni rivojlantirish zarurligi hamda gidroenergetika, issiqlik generatsiyasi va qayta tiklanuvchi manbalarni qanday qilib eng samarali tarzda uyg‘unlashtirish mumkinligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Iqlim o‘zgarishi. Bu borada muvofiqlashtirilgan va amaliy qarorlar zarur. Biz kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish tarafdorimiz, – dedi Shavkat Mirzoiyev. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarHamdo‘stlik mamlakatlari va xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va ishonchni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Kiberjinoyatchilik muammosi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan firibgarlik allaqachon fuqarolar va biznesga jiddiy zarar yetkazmoqda, mamlakatlarimiz moliya tizimlarining barqaror ishlashiga xavf tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirlari kengashiga qisqa muddatda transchegaraviy kiberjinoyatlar va firibgarlik sxemalariga tezkor javob berish uchun MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklif etildi.
Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida O‘zbekiston kelgusi yili MDHga raislikni qabul qilishga va Hamdo‘stlikni rivojlantirish uchun yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Sammitda Turkmaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston prezidentlari va Armaniston bosh vaziri hamda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.