Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlari festivaliga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida
Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Obuna bo‘lish
Festivalda O‘zbekistonning turli hududlariga xos taomlar namoyish etildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida tashkil etilgan milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.
Festivalda to‘qqiz mamlakat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston ning pazandachilik an’analari namoyish etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida
Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida
O‘zbekiston stendida non va pishiriqlar, qandolat mahsulotlari hamda quritilgan mevalar bilan tanishdilar. Ularga novvoylikning ko‘p asrlik an’analari haqida so‘zlab berildi. Oshpazlar somsaning bir necha turini, shuningdek, shivit oshi va tuxumbarak kabi Xorazm taomlarini tayyorlash, non yopish jarayonlarini namoyish etdilar. O‘zbek palovining turli xillari va milliy oshxonamizning boshqa taomlari ham mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ekspozitsiyadan xalq hunarmandchiligi namunalari ham o‘rin oldi. Rishton, Buxoro, Marg‘ilon va Samarqand hunarmandlari o‘z mahsulotlari hamda ularni tayyorlashning an’anaviy usullarini namoyish etdilar. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar festivalga bayramona ruh bag‘ishladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida
Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Shavkat Mirziyoyev MDH milliy taomlar festivalida
Yangiliklar lentasi
0