Savdo to‘siqlari olib tashlansa, MDH yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin — Putin

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishSammit glav gosudarstv SNG v Turkmenistane
Sammit glav gosudarstv SNG v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Obuna bo‘lish
MDHga a’zo davlatlar orasida deyarli barcha hisob-kitoblar (90%) milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Ba’zi milliy cheklovlarning olib tashlanishi MDHga ancha katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini beradi, dedi Vladimir Putin.
2025 yil oxiriga kelib, Rossiya va hamjamiyatning boshqa a’zolari o‘rtasidagi savdo aylanmasi 110 milliard dollardan oshdi va 2026-yilning birinchi yarmida u yana 19 foizga oshdi, deb ta’kidladi prezident.
"Bundan ham tezroq harakat qilish mumkinmi? Ehtimol. Bunga erishish uchun nima qilish kerak? To‘siqlarni olib tashlash. Biz o‘zimiz ataylab (rivojlanish sur’atini) orqaga tortapmiz", dedi u MDH yetakchilarining cheklangan formatdagi uchrashuvida.
Bugungi kunda a’zo davlatlar o‘rtasidagi deyarli barcha hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshiriladi va ularning tijorat bitimlaridagi ulushi 90 foizdan oshdi. Bunday kuchli va mustaqil moliyaviy infratuzilma hamjamiyatga tashqi ta’sirlarga qaramay iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi, deb ta’kidladi Putin.
"MDH mamlakatlari biznes hamjamiyatlari yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda. <...> Yangi Yevrosiyo ishlab chiqarish va transport zanjirlari shakllanmoqda. Transkontinental logistika yo‘laklari, Shimol-Janub va Sharq-G‘arb modernizatsiya qilinmoqda va rivojlanmoqda", deb ta’kidladi prezident.
Bundan tashqari, Hamdo‘stlik mamlakatlari import o‘rnini bosish sur’atini va turli xil tovarlar ishlab chiqarishni oshirmoqda, deb qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, Putin Mirizeyevga 2027-yilda MDHga raislik qilishda muvaffaqiyatlar tiladi va "o‘zbekistonlik do‘stlarimiz Rossiyadan har qanday yordamga umid qilishlari mumkin", deb ishontirdi.
Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan Turkmanistondagi Avaza milliy sayyohlik zonasiga kelgan. Bir kun oldin u Prezident Serdar Berdimuhamedov va Eron Prezidenti Ma’sud Pezeshkan bilan muzokaralar olib bordi.
Rossiya prezidenti ishtirok etadigan Kaspiy ekologik sammiti ham bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0