Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari hafta davomida beshta aholi puntini ozod qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota rascheta BPLA "Molniya-PVO" v zone SVO
Boyevaya rabota rascheta BPLA Molniya-PVO v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 6865 nafar harbiy xizmatchilarni tashkil qildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan hafta davomida beshta aholi puntini ozod qildi, deb xabar berdi mudofaa vazirligi.

Ozod qilingan aholi punktlari — Xarkov viloyatidagi Annopolye, Novaya Kazachya, Zaporojye viloyatidagi Golubkovo va Samoylovka, Sumi viloyatidagi Kiyanitsa, deyiladi xabarda.

Hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari: 6865 nafar (qurbon va yaralangan) harbiy xizmatchilar, 93ta zirhli jangovar mashina, 21ta dala artilleriya qurollari, 420ta avtomobil, 31ta boshqariladigan aviabomba, 17ta “Flamingo” raketalari va 7389ta uchuvchisiz apparatlarni tashkil qildi.
Sh️uningdek, 3-9 oktabr kunlari Rossiya Qurolli kuchlari keng ko‘lamli zarba va yettita guruhli hujum uyushtirdi. Zarbalar Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari, logistika va telekommunikatsiya markazlari, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan foydalaniladigan energetika va transport infratuzilmasi obyektlari, harbiy aerodromlar, dron ishlab chiqarish va saqlash inshootlari, o‘q-dorilar, yoqilg‘i va harbiy texnika omborlari, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari va xorijiy yollanma askarlar uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlariga berildi.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari uchun harbiy yuklarni, shuningdek, yoqilg‘i-moylash materiallarini qabul qilgan, saqlagan va tarqatgan bir nechta Ukraina port infratuzilmasi obyektlari ishdan chiqarildi.
Hafta davomida Ukraina Qurolli Kuchlari uchun G‘arb qurollari, harbiy texnikalari, yoqilg‘i va jihozlarini yetkazib berishda ishtirok etgan 14 ta quruq yuk kemasi va bitta tankerga zarar yetkazildi.
Yangiliklar lentasi
0