Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev bugun hayot-mamot masalasiga duch kelmoqda — Vitaliy Klichko

© Sputnik / Maksim BlinovMer Kiyeva Vitaliy Klichko
Mer Kiyeva Vitaliy Klichko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2026
Obuna bo‘lish
Shaharda suv ta’minoti va elektrda uzilishlar kuzatilmoqda, metro va yer usti elektr transporti to‘xtab qolmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Kiyev bugun hayot-mamot masalasiga duch kelmoqda, dedi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko AFP axborot agentligiga.
"Bugun yagona masala — omon qolish", dedi u shahardagi vaziyatni sharhlab. Shuningdek u shahar tashqarisida qarindoshlari yoki do‘stlari bo‘lgan Kiyev aholisini shaharni tark etishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv ta’minoti infratuzilmasidagi uzilishlar "juda keng ko‘lamli" inqirozga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi AFP.
Biroz oldin Klichko Kiyevdagi vaziyatni "juda dramatik" deb ta’riflagan edi va kelayotgan qishda kiyevliklarni imkon qadar shaharni tark etishga chaqirgan edi.
Shu bilan birga, Ukraina ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Rossiya zarbalaridan so‘ng Kiyevda ommaviy elektr uzilishlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida jamoat transporti kollapsiga olib kelmoqda.
Shaharda metro va yer usti elektr transporti xizmatlari to‘xtab qolmoqda. Avtomobillar va avtobuslar oqimining ko‘payishi jiddiy tirbandliklarga olib kelmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi.
Rossiya qurolli kuchlari muntazam ravishda dushman infratuzilmasiga zarba beradi. Mudofaa vazirligi bu dushmanning harbiy va iqtisodiy salohiyatini pasaytirish uchun qilinayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Rossiya Qurolli kuchlari uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida butun Ukraina hududida faqat harbiy sanoat, UQK logistikasi va ta’minoti obyektlarini nishonga olmoqda.
Kiyevda Kosmonova biznes sentrida yong‘in - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyevda vaziyat juda dramatik — Klichko
Yangiliklar lentasi
0