https://oz.sputniknews.uz/20261008/yaman-husiylari-riyoz-aeroportiga-raketa-hujumi-uyushtirdi-61035421.html
Yaman husiylari Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi
Yaman husiylari Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Chorshanba kuni Istanbuldan Ar-Riyodga uchgan parvozlar yarim yo‘ldan o‘z aeroportiga qaytdi. 08.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-08T10:44+0500
2026-10-08T10:44+0500
2026-10-08T11:27+0500
yaman
saudiya arabistoni
dunyoda
dunyo yangiliklari
husiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/131/86/1318670_0:0:2730:1537_1920x0_80_0_0_cb88e8f4c6aa1759c6048339351d75d4.jpg
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Yamanning "Ansar Alloh" harakati (husiylar) Ar-Riyod aeroportiga ballistik raketa bilan hujum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda. Podshohlikning Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi avvalroq xabar berganidek, Saudiya Arabistonining Abha va Ar-Riyod shaharlaridagi aeroportlarga ikki kun davomida Yaman tomonidan uyushtirilgan hujumlarda uch kishi halok bo‘ldi va 36 kishi jarohat olgan.Chorshanba 7-oktabr kuni kechqurun Istanbuldan Ar-Riyodga uchgan "Turkish Airlines" va "AJet" kompaniyalari samolyotlari 35 daqiqadan so‘ng o‘zlarining jo‘nash aeroportlariga qaytdi, deb xabar berdi Istanbul aeroporti.Iyul oyining o‘rtalarida, to‘rt yillik sukunatdan so‘ng, "Ansar Alloh" harakati va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hukumat armiyasi orasida janglar qayta boshlandi. Bu vaqt ichida husiylar Qizil dengizning butun g‘arbiy qirg‘og‘ini va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi yaqinidagi shaharlarni egallab olishdi.Dushanba kuni Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati Sanani husiylardan ozod qilish operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260912/xutiylar-qizil-dengizdagi-bob-al-mandeb-bogozini-nazorat-ostiga-oldi-60395453.html
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/131/86/1318670_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_548ee52d5da29396292fb63c3d57dc4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yaman, saudiya arabistoni, dunyoda, dunyo yangiliklari, husiylar
yaman, saudiya arabistoni, dunyoda, dunyo yangiliklari, husiylar
Yaman husiylari Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi
10:44 08.10.2026 (yangilandi: 11:27 08.10.2026) Chorshanba kuni Istanbuldan Ar-Riyodga uchgan parvozlar yarim yo‘ldan o‘z aeroportiga qaytdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Yamanning "Ansar Alloh" harakati (husiylar) Ar-Riyod aeroportiga ballistik raketa bilan hujum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
"Yaman husiylari Ar-Riyoddagi podshoh Xolid xalqaro aeroportiga ballistik raketa bilan hujum qilganliklarini da’vo qilishdi", - deyiladi bayonotda.
Podshohlikning Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi avvalroq xabar berganidek, Saudiya Arabistonining Abha va Ar-Riyod shaharlaridagi aeroportlarga ikki kun davomida Yaman tomonidan uyushtirilgan hujumlarda uch kishi halok bo‘ldi va 36 kishi jarohat olgan.
Chorshanba 7-oktabr kuni kechqurun Istanbuldan Ar-Riyodga uchgan "Turkish Airlines" va "AJet" kompaniyalari samolyotlari 35 daqiqadan so‘ng o‘zlarining jo‘nash aeroportlariga qaytdi, deb xabar berdi Istanbul aeroporti.
Iyul oyining o‘rtalarida, to‘rt yillik sukunatdan so‘ng, "Ansar Alloh" harakati va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hukumat armiyasi orasida janglar qayta boshlandi. Bu vaqt ichida husiylar Qizil dengizning butun g‘arbiy qirg‘og‘ini va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi yaqinidagi shaharlarni egallab olishdi.
Dushanba kuni Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati Sanani husiylardan ozod qilish operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.