Turkmanistonda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon sammiti bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta RTFlagi stran SA
Flagi stran SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda dolzarb mintaqaviy hamda energetika, transport va logistika va iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurash masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Turkmanistonning Kaspiy dengizi sohilidagi "Avaza" milliy sayyohlik zonasida
maslahat uchrashuvi o‘tkazish uchun to‘planishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etish uchun Turkmanistonga kelishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarini, shuningdek, siyosiy va diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishni muhokama qiladi.

Kun tartibiga madaniy, ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, talabalar va yoshlar almashinuvini kengaytirish ham kiradi.
Shuningdek, ishtirokchilar energetika sohasidagi hamkorlik, barqaror transport va logistika yo‘laklarini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalariga e’tibor qaratadi. Undan tashqari, ular Amudaryo va Sirdaryo darolarining suv resurslaridan oqilona foydalanish va Orol dengizini qutqarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi.
2025 yilda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentdagi maslahat uchrashuvida Ozarbayjonning ushbu formatda to‘liq ishtirok etishi to‘g‘risida yakdil qaror qabul qilingan edi.
 Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochim vizitom v Turkmenistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi
Yangiliklar lentasi
0