Putin: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tish Vladimir Putin
 Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari mintaqalararo hamkorlik strategik sheriklikning muhim qismi ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ularning muhim tarkibiy qismi hududlararo hamkorlik bo‘lib, u tobora faol va ko‘p qirrali bo‘lib bormoqda” - deyiladi Putinning Rossiya va O‘zbekiston hududlarining III kengashi ishtirokchilari, tashkilotchilari va mehmonlariga yo‘llagan tabrigida. Telegramma Kreml saytida chop qilindi.

Rossiya davlat rahbari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar aloqalarga Rossiyaning 80 taga yaqin subyekti jalb etilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Putin bir qator qo‘shma loyihalarni, jumladan, turli sohalarda qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan korxonalar, sanoat va texnologik parklar, muhim infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni rejali amalga oshirishga e’tibor qaratdi.
Kengash mamlakatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri norasmiy muloqotning haqiqatan ham zarur va samarali mexanizmidir.
Putin yalpi majlis, tematik sessiyalar va ekspert guruhlari yig‘ilishlari davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi, istiqbolli shakllari va yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradigan mazmunli va samarali muhokamalar o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.
“Forum tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildirib, uning barcha ishtirokchilariga mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatli va samarali faoliyat tilayman” - deya xulosa qildi Rossiya rahbari.
Farg‘onada O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi boshlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Farg‘onada O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0