Mirziyoyev 7-9 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev otbil s rabochim vizitom v stolitsu Kirgizstana
Shavkat Mirziyoyev otbil s rabochim vizitom v stolitsu Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-9 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, Maslahat uchrashuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish, madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. MDH tashkil etilganining 35-yilligini nishonlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbirlar yakunida qo‘shma hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan. Tashrif dasturiga muvofiq, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
2026 yilda Turkmaniston MDH organlarida raislik qilmoqda. 2027-yil 1-yanvardan raislik qilish O‘zbekistonga o‘tadi.
V Dushanbe proshlo ocherednoe zasedanie Soveta po turizmu gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
MDH Turizm kengashiga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0