Rossiya va O‘zbekiston hududlari rahbarlari "Neftchi" futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiGlavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu "Neftchi"
Glavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu Neftchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
Tadbir O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi hamda Hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov va Altay o‘lkasi gubernatori Viktor Tomenko "Neftchi" bolalar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarga akademiyada yosh futbolchilarni tayyorlash tizimi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiGlavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu "Neftchi"
Glavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu Neftchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Glavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu "Neftchi"
Akademiyada ayni paytda 338 nafar yosh futbolchi 23 ta guruhga bo‘lingan holda muntazam mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari akademiyaning zamonaviy sport infratuzilmasi, turli formatdagi futbol maydonlari hamda mashg‘ulot bazasi bilan tanishdilar. Shuningdek, futbolchilarning jismoniy va sport ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilishda zamonaviy, jumladan, Yevropa texnologiyalaridan foydalanilayotgani qayd etildi.
Mehmonlar akademiyada yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar uchun zamonaviy infratuzilma va futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishib, ijobiy taassurotlarini bildirdilar.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiGlavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu "Neftchi"
Glavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu Neftchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Glavi regionov Rossii i Uzbekistana posetili futbolnuyu akademiyu "Neftchi"
Yangiliklar lentasi
0