Pardayev: Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri

© SputnikZamdirektora Agentstva po promishlennoy kooperatsii i gosudarstvennim zakupkam RUz Ilxomjon Pardayev.
Zamdirektora Agentstva po promishlennoy kooperatsii i gosudarstvennim zakupkam RUz Ilxomjon Pardayev.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
2025 yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi qariyb 13 milliard dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Bu haqda O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, 2025-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi qariyb 13 milliard dollarni tashkil etdi. Investitsiyaviy hamkorlik ham faol rivojlanmoqda.
“Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3400 tadan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi”, - dedi Pardayev.
Shuningdek, u bugungi kunda O‘zbekistonda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Bizning asosiy vazifamiz yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, milliy yetkazib beruvchilarni rivojlantirish, ishlab chiqarish aloqalarini kengaytirish va barqaror sanoat zanjirlarini, shu jumladan xorijiy hamkorlar bilan yaratishdir," - deya qo‘shimcha qildi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari.
Top-5 stran vo vneshnetorgovom oborote Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
O‘zbekistonning eng yirik 5 ta savdo hamkori qaysi davlatlar - infografika
Yangiliklar lentasi
0