Palov indeksi: eng arzon osh qayerda tayyorlanyapti

Obuna bo‘lish
Palov qiymatini hisoblashda masalliqlarning o‘rtacha narxlari inobatga olingan.
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil sentabr oyi uchun O‘zbekiston hududlarida bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun zarur mahsulotlarning eng yuqori qiymati Toshkent shahrida qayd etildi — 132 625 so‘m.
Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 111 955 so‘mni tashkil etdi.
Palov qiymatini hisoblashda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, lazer guruch, no‘xat, zira va osh tuzining o‘rtacha narxlari inobatga olingan.
Qo‘mitaning eslatishicha, bu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan o‘rtacha qiymatini ifodalaydi.
Yangiliklar lentasi
0