G7 davlatlari Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga qariyb 50 mlrd dollar kredit berdi

© AP Photo / Andrew KravchenkoVid na ploshad Nezavisimosti v Kiyeve, Ukraina, chetverg, 10-noyabrya 2022 g.
Vid na ploshad Nezavisimosti v Kiyeve, Ukraina, chetverg, 10-noyabrya 2022 g. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
Dastlabki milliard AQShdan 2024-yilda kelgan, qolgan davlatlar o‘tgan yili Ukrainaga 37,9 milliard dollar va bu yil 10,5 milliard dollar o‘tkazdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. G7 davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan Kiyevga qariyb 50 milliard dollar kredit berishdi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligiga asoslanib RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Dastlabki milliard dollar 2024-yil oxirida Qo‘shma Shtatlardan kelgan. O‘shandan beri ular Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan mablag‘ o‘tkazmaganlar. Qolgan G7 a’zolari o‘tgan yili Ukrainaga 37,9 milliard dollar va bu yil 10,5 milliard dollar o‘tkazdi", - deyiladi xabarda.

Rossiya bankining G‘arb davlatlarida saqlanayotgan aktivlari 2022-yilda maxsus operatsiya boshlanganidan keyin muzlatilgan edi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu aktivlarning asosiy qismi - 210 milliard yevrodan ortiq - Yevropaning eng yirik depozitariysi bo‘lgan Euroclear bankida saqlanadi.
O‘z aktivlaridan noqonuniy foydalanishiga Moskva ham javob choralarini ko‘rdi: Rossiya hududida nodo‘st davlatlardan kelgan xorijiy investorlarning aktivlari va ulardan tushgan daromadlar maxsus S tipidagi hisoblarda to‘planmoqda. Ular faqat maxsus hukumat komissiyasining qarori bilan olib chiqilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0