FAO Mirziyoyevni o‘zining oliy mukofoti bilan taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu vruchili visshuyu nagradu FAO – medal "Agricola"
Shavkatu Mirziyoyevu vruchili visshuyu nagradu FAO – medal Agricola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
“Agricola” medali umuminsoniy maqsadlarga erishish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan hamda amaliy choralarni amalga oshirgan atoqli arboblarga beriladi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) oliy mukofoti – “Agricola” medali bilan taqdirlandi.
Bu mukofotni Suy Dunyuy Mirziyoyev bilan uchrashuvda topshirdi.
Qayd etilishicha, bu mukofot O‘zbekiston rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish sohalaridagi tashabbuslari va erishgan yutuqlarining yuksak e’tirofidir.
So‘nggi yillarda amaliy hamkorlik doirasida erishilgan natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Yangi besh yillik dastur qabul qilindi. Ayni paytda 27 ta qo‘shma loyiha faol bosqichga kirgan.
O‘zbekiston ilk bor 2028-yildan 2029-yilgacha bo‘lgan davr uchun FAO Kengashi tarkibiga saylandi. Ertaga Toshkentda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun Agroinnovatsiyalar xabi ishga tushiriladi.
Uchrashuv davomida yangi hamkorlik dasturini samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, iqlim moliyasi mablag‘larini jalb qilish, tajriba almashish hamda mutaxassislar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda istiqbolli qo‘shma loyihalar portfelini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
BMTning FAO tashkiloti tomonidan 1977-yilda ta’sis etilgan “Agricola” medali ochlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi umuminsoniy maqsadlarga erishish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan hamda amaliy choralarni amalga oshirgan atoqli arboblarga beriladi.
Perekrostki Tashkenta: ritm sovremennogo goroda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Toshkent va Samarqand BMTning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
Yangiliklar lentasi
0