TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Toshkentdagi Rossiya uyida “Toshkentda Peterburg uchrashuvlari” madaniy-ma’rifiy loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Tadbirda Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasining vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Ganin, Sankt-Peterburg vakillari, o‘zbek shoirlari va adabiyotshunoslari, shuningdek, Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi vakillari ishtirok etdi.Tadbir davomida Aleksandr Ganin O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadlaridan biri madaniyat, ta’lim va gumanitar aloqalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat.Ganin O‘zbekistonning qamal yillarida Leningrad aholisiga ko‘rsatgan yordamini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab leningradliklar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va u yerda o‘zlari uchun ikkinchi vatan topgan.Ochilish marosimida rus shoiri Sergey Yesenin ijodi va uning O‘zbekiston bilan aloqalariga alohida e’tibor qaratildi. Yesenin ijodi tadqiqotchisi, Sankt-Peterburgdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining o‘qituvchisi Tatyana Prokushenkova shoirning Toshkentda bo‘lgan davri, O‘zbekiston haqidagi taassurotlari hamda Sharq mavzusining uning ijodida aks etishi haqida so‘zlab berdi.Yesenin 1921-yilda Toshkentda bo‘lgan. O‘zbekiston va Sharq madaniyati bilan tanishuv uning keyingi ijodida o‘z aksini topgan.Loyiha doirasida 5-6 oktabr kunlari qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkaziladi. Sergey Yeseninga bag‘ishlangan ijodiy musiqiy kecha, Peterburg va o‘zbek yozuvchilarining uchrashuvi, shoirga bag‘ishlangan yangi she’riy to‘plam taqdimoti shular jumlasidandir.Bundan tashqari, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida rus tili o‘qituvchilari uchun davra suhbatlari va malaka oshirish mashg‘ulotlari, Rossiya uyida esa an’anaviy amaliy bezak san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.Loyiha dasturidan qamalda bo‘lgan Leningrad aholisi xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar, Mariinskiy teatri solistlari ishtirokidagi konsert hamda O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi aloqalarga bag‘ishlangan maxsus to‘plam taqdimoti ham o‘rin olgan.“Umid qilamizki, bu aloqalar rivojlanib, harakat tobora kengayib boradi”, - dedi Aleksandr Ganin.“Toshkentda Peterburg uchrashuvlari” loyihasi 5-6 oktabr kunlari davom etadi.
Tadbirda O‘zbekistonning qamal yillarida Leningrad aholisiga ko‘rsatgan yordami alohida ta’kidlandi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Toshkentdagi Rossiya uyida “Toshkentda Peterburg uchrashuvlari” madaniy-ma’rifiy loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbirda Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasining vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Ganin, Sankt-Peterburg vakillari, o‘zbek shoirlari va adabiyotshunoslari, shuningdek, Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Aleksandr Ganin O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadlaridan biri madaniyat, ta’lim va gumanitar aloqalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat.
Ganin O‘zbekistonning qamal yillarida Leningrad aholisiga ko‘rsatgan yordamini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab leningradliklar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va u yerda o‘zlari uchun ikkinchi vatan topgan.
“O‘zbekiston o‘sha og‘ir yillarda Leningradga qardoshlik yelkasini tutdi”, - dedi u.
Ochilish marosimida rus shoiri Sergey Yesenin ijodi va uning O‘zbekiston bilan aloqalariga alohida e’tibor qaratildi. Yesenin ijodi tadqiqotchisi, Sankt-Peterburgdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining o‘qituvchisi Tatyana Prokushenkova shoirning Toshkentda bo‘lgan davri, O‘zbekiston haqidagi taassurotlari hamda Sharq mavzusining uning ijodida aks etishi haqida so‘zlab berdi.
Toshkentda “Peterburg uchrashuvlari” loyihasi boshlandi
Yesenin 1921-yilda Toshkentda bo‘lgan. O‘zbekiston va Sharq madaniyati bilan tanishuv uning keyingi ijodida o‘z aksini topgan.
Loyiha doirasida 5-6 oktabr kunlari qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkaziladi. Sergey Yeseninga bag‘ishlangan ijodiy musiqiy kecha, Peterburg va o‘zbek yozuvchilarining uchrashuvi, shoirga bag‘ishlangan yangi she’riy to‘plam taqdimoti shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida rus tili o‘qituvchilari uchun davra suhbatlari va malaka oshirish mashg‘ulotlari, Rossiya uyida esa an’anaviy amaliy bezak san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
Loyiha dasturidan qamalda bo‘lgan Leningrad aholisi xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar, Mariinskiy teatri solistlari ishtirokidagi konsert hamda O‘zbekiston va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi aloqalarga bag‘ishlangan maxsus to‘plam taqdimoti ham o‘rin olgan.
“Umid qilamizki, bu aloqalar rivojlanib, harakat tobora kengayib boradi”, - dedi Aleksandr Ganin.
“Toshkentda Peterburg uchrashuvlari” loyihasi 5-6 oktabr kunlari davom etadi.