O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPeshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti
Peshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Obuna bo‘lish
Hukumat turistik salohiyati yuqori bo‘lgan 10 ta obyekt ro‘yxatini tasdiqladi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududlarida g‘or turizmini rivojlantirish bo‘yicha sinov tadbirlari amalga oshiriladi. Hukumatning speloturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
2026-2028 yillarda tanlangan obyektlarda bosqichma-bosqich zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish va sayyohlar oqimini oshirish rejalashtirilgan.
Ro‘yxatga 10 manzil kiritilgan:
© lex.uzSpeloturizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan manzillar
Speloturizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan manzillar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Speloturizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan manzillar
Bunda madaniy meros obyektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari tegishli ruxsatnomalar bilan hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hududida ishlar belgilangan ekologik cheklovlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Turizm qo‘mitasi 2026-yil yakuniga qadar obyektlarning turizm salohiyatiga oid media mahsulotlarni tayyorlab, Yagona milliy turizm platformasiga joylashtirishi lozim. 2027-yildan boshlab xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish, shuningdek, sayyohlar uchun eng jozibador obyektlar ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan.
2026-2027 yillarda xususiy investitsiyalarni jalb qilish choralari ko‘riladi. 2027-yildan boshlab har yili mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya forumlari, taqdimotlar va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
2027-2028 yillarda tegishli hududlar hokimliklari tomonidan muhandislik, kommunikatsiya va turizm infratuzilmasi, jumladan, dam olish maskanlari va sanitariya-gigiyena punktlari tashkil etilishi kerak. Shuningdek, oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda aholini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Sayyohlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Uch oy muddatda obyektlarga tashrif buyurishda xavfsizlikni ta’minlash tartibini belgilovchi meyoriy hujjat ishlab chiqilishi kerak. 2027-yildan boshlab yiliga ikki marta o‘quv-amaliy treninglar o‘tkaziladi.
Speleoturizmni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida 2027-yilning may-iyun oylarida xorijiy ekspert va tadqiqotchilar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2027-yildan boshlab xalqaro grantlarni jalb qilgan holda har yili speleologiya, geologiya, gidrologiya va biospeleologiya sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.
Bundan tashqari, xorijiy telekanallar uchun hujjatli filmlar yaratish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi mediamateriallarni muntazam namoyish etish rejalashtirilgan.
Turisticheskoy jizn Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
O‘zbekiston turistlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi yo‘nalishlar qatoriga kirdi
Yangiliklar lentasi
0