Quruq va iliq: hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

© Sputnik / Baxrom XatamovOsen v Tashkente — vremya magkogo sveta i tixix progulok.
Osen v Tashkente — vremya magkogo sveta i tixix progulok. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Obuna bo‘lish
Faqat tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi va sel xavfi yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. 6−9 oktabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydiyu Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo haroratining yuqori qiymati +15…+20 daraja bo‘ladi.
Havo harorati 6-oktabrda kechasi +5…+10, shimolda +2…+7 daraja, kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. 7−9 oktabrda asta-sekin kechasi +10…+15 darajagacha, kunduzi +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 5-oktabrda Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 5-oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 6−9 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida 8−9 oktabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati dushanba kunduzi va seshanba kuni +17…+20 daraja bo‘ladi, 7−9 oktabrda +22…+25 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechasi 6−7 oktabrda +7…+10 daraja bo‘ladi, 8−9 oktabrda +12…+15 darajagacha ko‘tariladi.
Osen v Tashkente — vremya magkogo sveta i tixix progulok. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
O‘zbekistonda ob-havo keskin soviy boshlashi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0