Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

EOII va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10-yil ichida deyarli ikki baravar oshdi

© Sputnik / Sgenerirovano IIFlagi YeAES i Vyetnama
Flagi YeAES i Vyetnama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Obuna bo‘lish
Vyetnam EOII bilan savdo shartnomalari tarmog‘ini rivojlantirishni boshlagan birinchi davlat bo‘lgandi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim amal qilayotgan o‘n yil ichida deyarli ikki baravarga oshdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) xabar berdi.
Hujjat 2015-yil 29-mayda imzolangan.
Bugungi kunda Vyetnam ittifoq davlatlari biznes hamjamiyatining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
"Hujjatning amal qilish davrida EOII va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,9 baravarga (2016 yildagi 4,3 mlrd dollardan 2025-yilda 8,3 mlrd dollargacha) oshdi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishchi organlar yig‘ilishlari va yuqori darajadagi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi yuzaga kelayotgan masalalarga yechim topish va kelgusidagi hamkorlik salohiyatini ochib berishni ta’minlaydi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdosi 14,6 mlrd dollarga yetdi
Yangiliklar lentasi
0