https://oz.sputniknews.uz/20261005/davlat-tashkilotlarid-60970498.html
Davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari ishi tartibga solindi
Davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari ishi tartibga solindi
Sputnik O‘zbekiston
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi. 05.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-05T16:12+0500
2026-10-05T16:12+0500
2026-10-05T16:12+0500
jamiyat
korrupsiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_36:0:1766:973_1920x0_80_0_0_202096c91c2efacf29f8a5484603d150.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilanmoqda.Unga ko‘ra, ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, unga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi.Mazkur tuzilmalar xizmat yoki bo‘linma ko‘rinishida tashkil etilishi yoxud alohida lavozimdan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda tashkil etiladi.Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga oliy ma’lumot, ish staji hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish kabi minimal talablar belgilanadi.Bundan tashqari, ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining faoliyatiga KPI qo‘llanilmaydi. KPI asosidagi ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi, KPIni pasaytirish esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘lib, huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260709/sobiq-davlat-xizmatchi-ish-qabul-tartib-58930988.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_252:0:1549:973_1920x0_80_0_0_353381cc1b550ae5443dd50838c7a773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, korrupsiya, o‘zbekiston
jamiyat, korrupsiya, o‘zbekiston
Davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari ishi tartibga solindi
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi. Hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, unga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi.
Mazkur tuzilmalar xizmat yoki bo‘linma ko‘rinishida tashkil etilishi yoxud alohida lavozimdan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda tashkil etiladi.
Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga oliy ma’lumot, ish staji hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish kabi minimal talablar belgilanadi.
Bundan tashqari, ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining faoliyatiga KPI qo‘llanilmaydi. KPI asosidagi ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi, KPIni pasaytirish esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘lib, huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.