https://oz.sputniknews.uz/20261004/uzbekistan-savdo-osish-60948387.html
Jahon banki "Transkaspiy" haqida: O‘zbekiston savdosi qo‘shimcha 93 mlrd dollarga o‘sishi mumkin
Jahon banki "Transkaspiy" haqida: O‘zbekiston savdosi qo‘shimcha 93 mlrd dollarga o‘sishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Jahon bankining yangi hisobotiga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston tashqi savdosi qiymati 2023-yilga nisbatan 93 mlrd dollarga o‘sishi mumkin. Shundan 15 mlrd dollar eksport, 78 mlrd dollar import hissasiga to‘g‘ri keladi.
2026-10-04T11:58+0500
2026-10-04T11:58+0500
2026-10-04T11:58+0500
temir yo‘l
jahon banki
savdo
eksport
import
markaziy osiyo
kavkaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26315437_0:163:3065:1887_1920x0_80_0_0_0f4d3fff754c2b48b0031ad1e2ff019f.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Jahon bankining yangi prognozlariga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston tashqi savdosi qiymati 2023-yilga nisbatan 93 mlrd dollarga ko‘payishi mumkin. Bu Jahon bankining Transkaspiy transport yo‘lagiga bag‘ishlangan yangi hisobotida keltirilgan.Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023–2040 yillarda O‘zbekiston eksporti qiymati 15 mlrd dollarga, importi esa 78 mlrd dollarga oshishi mumkin. Shu tariqa, tashqi savdo qiymatidagi umumiy o‘sish 93 mlrd dollarni tashkil etadi.Jahon banki Transkaspiy transport yo‘lagini Osiyo va Yevropani Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali bog‘lovchi muhim yo‘nalish sifatida baholaydi.Hisobotga ko‘ra, koridor infratuzilmasini rivojlantirish va uning faoliyatini yaxshilash 2040-yilgacha yo‘nalish bo‘yicha savdo hajmini uch barobardan ziyod oshirishi va yetkazib berish vaqtini ikki barobar qisqartirishi mumkin.Agar infratuzilmaga investitsiyalar savdo va transport jarayonlarini yengillashtiruvchi islohotlar bilan birga amalga oshirilsa, yuk oqimi to‘rt barobargacha ko‘payishi, tashish muddatlari esa uchdan ikki qismga qisqarishi mumkin.Jahon banki bahosiga ko‘ra, loyihaga aloqador mamlakatlarda infratuzilmadagi asosiy to‘siqlarni bartaraf etish uchun 2040-yilgacha kamida 25 mlrd dollar sarmoya talab etiladi.Tadqiqot O‘zbekiston bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Turkiyani qamrab olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251127/transkaspiy-yolak-investorlar-forum-53775589.html
kavkaz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26315437_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_c8bea48b64b7c8e346ac23a0f1ab5b17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
temir yo‘l, jahon banki, savdo, eksport, import, markaziy osiyo, kavkaz
temir yo‘l, jahon banki, savdo, eksport, import, markaziy osiyo, kavkaz
Jahon banki "Transkaspiy" haqida: O‘zbekiston savdosi qo‘shimcha 93 mlrd dollarga o‘sishi mumkin
Transkaspiy transport yo‘lagi rivojlanishi fonida Jahon banki 2040-yilgacha O‘zbekiston eksporti 15 mlrd, importi esa 78 mlrd dollarga ko‘payishini kutmoqda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Jahon bankining yangi prognozlariga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston tashqi savdosi qiymati 2023-yilga nisbatan 93 mlrd dollarga ko‘payishi mumkin. Bu Jahon bankining Transkaspiy transport yo‘lagiga bag‘ishlangan yangi hisobotida
keltirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023–2040 yillarda O‘zbekiston eksporti qiymati 15 mlrd dollarga, importi esa 78 mlrd dollarga oshishi mumkin. Shu tariqa, tashqi savdo qiymatidagi umumiy o‘sish 93 mlrd dollarni tashkil etadi.
Bunda gap O‘zbekistonning 2040-yildagi tashqi savdosi umumiy hajmi haqida emas, balki 2023-yil ko‘rsatkichiga nisbatan prognoz qilinayotgan o‘sish haqida ketmoqda.
Jahon banki Transkaspiy transport yo‘lagini Osiyo va Yevropani Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali bog‘lovchi muhim yo‘nalish sifatida baholaydi.
Hisobotga ko‘ra, koridor infratuzilmasini rivojlantirish va uning faoliyatini yaxshilash 2040-yilgacha yo‘nalish bo‘yicha savdo hajmini uch barobardan ziyod oshirishi va yetkazib berish vaqtini ikki barobar qisqartirishi mumkin.
Agar infratuzilmaga investitsiyalar savdo va transport jarayonlarini yengillashtiruvchi islohotlar bilan birga amalga oshirilsa, yuk oqimi to‘rt barobargacha ko‘payishi, tashish muddatlari esa uchdan ikki qismga qisqarishi mumkin.
Jahon banki bahosiga ko‘ra, loyihaga aloqador mamlakatlarda infratuzilmadagi asosiy to‘siqlarni bartaraf etish uchun 2040-yilgacha kamida 25 mlrd dollar sarmoya talab etiladi.
Yo‘llar, logistika markazlari, terminallar, harakat tarkibi va raqamli tizimlarni rivojlantirish uchun yana qariyb 30 mlrd dollarlik investitsiyalar zarur bo‘ladi.
Tadqiqot O‘zbekiston bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Turkiyani qamrab olgan.