250 yoshli davlat 4000-yillik Eronga saboq berishi — jiddiy emas: Medvedev intervyusi

© Sayt da-medvedev.ruDmitriy Medvedev dal intervyu Iranskomu gosudarstvennomu televideniyu
Dmitriy Medvedev dal intervyu Iranskomu gosudarstvennomu televideniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Obuna bo‘lish
Medvedev Eron bilan munosabatlar, Ukrainadagi mojaroni hal qilish shartlari hamda Rossiyaning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi siyosati haqida gapirdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya Eron bilan munosabatlarini hech qanday kelishuv uchun qurbon qilmaydi va ikki davlat strategik hamkor bo‘lib qoladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Eron davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.
Shu bilan birga, u Moskva va Tehron munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada yuqori ekanini qayd etib, bu hamkorlik harbiy blok emasligini ta’kidladi.
Medvedev Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy bilan xayrlashuv marosimi unda kuchli taassurot qoldirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, marosim Eron jamiyati va xalqining birligini namoyon etdi.
"Men Eron xalqini birlashgan, o‘z davlatini va mustaqil rivojlanish yo‘lini himoya qilishga tayyor holda ko‘rdim", — dedi u.
Medvedevning fikricha, Eron mintaqadagi muammolarni arab dunyosi, Turkiya va Rossiya bilan hamkorlikda mustaqil hal qilishga qodir.
Uning ta’kidlashicha, mintaqada Yevropa davlatlari, Buyuk Britaniya yoki AQSh kabi mintaqadan tashqari kuchlarning ishtiroki shart emas.
Shu munosabat bilan Medvedev AQShning Eronga nisbatan yondashuvini ham tanqid qildi.
"250 yoshga to‘layotgan davlat 4000-yillik tarixga ega Eronga qanday saboq berishi mumkin? Bu jiddiy emas", — dedi u.
Eronning tiyib turish imkoniyatlari haqida gapirar ekan, Medvedev Ormuz bo‘g‘ozini mamlakatning o‘ziga xos "termoyadroviy quroli" deb atadi. Uning fikricha, Eron Ormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlashda geografik joylashuvi va xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda kalit rol o‘ynaydi.
Ukrainadagi mojaroni hal qilish shartlari haqida gapirar ekan, Medvedev Moskva pozitsiyasi o‘zgarmaganini bildirdi. U shartlar qatorida Ukrainaning neytral va yadroviy qurolsiz maqomi, rus tiliga nisbatan cheklovlarni bekor qilish, Rossiya tarkibiga kirgan hududlarni tan olish hamda Ukrainadagi hozirgi rejimning millatchilik kursidan voz kechishni sanab o‘tdi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha Rossiya qanday siyosat yuritishi haqidagi savolga Medvedev Moskva bu mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish siyosatini davom ettirishini aytdi.
U Rossiya Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bilan uzoq vaqt bir davlat tarkibida yashaganini eslatib, hozir ham ular bilan do‘stlik va iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga harakat qilinayotganini ta’kidladi.
Medvedev intervyu davomida Eronning mintaqadagi o‘rni, Rossiya–Eron hamkorligi, Ukraina, G‘arb davlatlari bilan munosabatlar va xalqaro xavfsizlik masalalariga ham to‘xtaldi.
Zasedanie programmnoy komissii partii Yedinaya Rossiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi - Dmitriy Medvedev
Yangiliklar lentasi
0