“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

© AO "Uzbekiston temir yullari"“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
Obuna bo‘lish
Ushbu kesishma oldin bir kunda 9-10 soat yopiq bo‘lgani tufayli bu yerda tirbandliklar paydo bo‘lgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahri va viloyati kesishmasida joylashgan “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l o‘tkazgich ochildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, trasport prokuraturasi prokurori I. Narimov, ommaviy axborot vositalari, mahalliy aholi va boshqalar ishtirok etdi.
© AO "Uzbekiston temir yullari"“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasi o‘rnida barpo etilgan yangi yo‘l o‘tkazgichni qurish jarayonida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari bajarildi. Xususan, uzunligi 23,6 metr bo‘lgan 1 dona ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurib bitkazilib, temir yo‘l izlari o‘z joyiga qaytarildi, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temir yo‘l va avtomobil yo‘li barpo etildi.
© AO "Uzbekiston temir yullari"“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
Mazkur zamonaviy yo‘l o‘tkazgichning ochilishi Zangiota tumani aholisi va tranzit harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun ulkan qulayliklar yaratib, hududdagi tirbandliklarni bartaraf etish, vaqtni tejash, avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani sezilarli darajada kamaytirish hamda xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
© AO "Uzbekiston temir yullari"“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
Yangiliklar lentasi
0