Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal ministra inostrannix del Korolevstva Daniya.
Prezident Uzbekistana prinyal ministra inostrannix del Korolevstva Daniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda hamkorlikning institutsional va huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussenni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshdi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda tog‘-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti hamda boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, Daniya investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0