Kiyevni tark etmagan chet el diplomatlari o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda — Rossiya TIV

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy nishonlarga keng ko‘lamli javob zarbalarini berishda davom etadi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Kiyevni tark etmagan chet el fuqarolari va diplomatlari o‘z hayotlarini o‘lim xavfi ostiga qo‘ymoqdalar, deb ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorijiy fuqarolar va diplomatlarga Kiyevni tark etish haqidagi ogohlantirishni 2026-yil 25-maydagi bayonotida va boshqa notalarida mavjud edi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bu ogohlantirishni 27-may kuni diplomatik korpus brifingida ham aytgan edi.
"Biz bu ogohlantirishlarga barcha quloq solmaganini va ayrimlar ataylab o‘z hayotlarini o‘lim xavfi ostiga qo‘yayotganini ta’kidlaymiz... Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yana bir bor xorijiy fuqarolarni, jumladan, diplomatik missiya xodimlarini Ukrainada qolish va uning hududiga sayohat qilishdan ogohlantiradi", deyiladi bayonotda.
Departament bir qator mamlakatlar, jumladan, Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Norvegiya va Shveysariya rasmiylari o‘z fuqarolariga Ukrainaga sayohat qilmaslikni bir necha bor maslahat berganini eslatdi, eng so‘nggisi shu yilning avgust oyida.
Ukrainaning Rossiya tinch aholisi va fuqarolik infratuzilmalariga qarshi harakatlariga javoban Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy nishonlarga keng ko‘lamli javob zarbalarini berishda davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0