“Mangulikka yo‘g‘rilgan umr”: Toshkentda Zurab Sereteli ko‘rgazmasi ochildi — foto
“Mangulikka yo‘g‘rilgan umr”: Toshkentda Zurab Sereteli ko‘rgazmasi ochildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Ochilish marosimida Vasiliy Sereteli ustozning ikki asarini — Toshkent Zamonaviy san’at markazi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda mashhur rassom va haykaltarosh Zurab Seretelining "Mangulikka yo‘g‘rilgan umr" nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya "San’at olami" Rossiya san’ati festivali doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida namoyish etilmoqda.Ko‘rgazmadan rassomning rangtasvir, haykaltaroshlik va emal texnikasida yaratilgan asarlari o‘rin olgan. Ular Zurab Seretelining serqirra ijodi va boy badiiy merosini namoyon etadi.Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi prezidenti Tatyana Shumova hamda Rossiya Badiiy akademiyasi prezidenti Vasiliy Sereteli ishtirok etdi.Ko‘rgazmaning ochilishida muhim voqealardan biri Zurab Seretelining ikki asarini sovg‘a qilish bo‘ldi. Vasiliy Sereteli asarlardan birini Toshkent Zamonaviy san’at markaziga taqdim etdi.Ko‘rgazma doirasida Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi, Prezidium a’zosi va RSA vitse-prezidenti Tatyana Kochemasova tomonidan kuratorlik ekskursiyasi ham o‘tkazildi."Mangulikka yo‘g‘rilgan umr" ko‘rgazmasi Toshkentda 1-dekabrga qadar davom etadi.
Ochilish marosimida Vasiliy Sereteli ustozning ikki asarini — Toshkent Zamonaviy san’at markazi va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda mashhur rassom va haykaltarosh Zurab Seretelining "Mangulikka yo‘g‘rilgan umr" nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya "San’at olami" Rossiya san’ati festivali doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmadan rassomning rangtasvir, haykaltaroshlik va emal texnikasida yaratilgan asarlari o‘rin olgan. Ular Zurab Seretelining serqirra ijodi va boy badiiy merosini namoyon etadi.
Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi prezidenti Tatyana Shumova hamda Rossiya Badiiy akademiyasi prezidenti Vasiliy Sereteli ishtirok etdi.
"San’at olami" festivali odamlarni samimiy va barcha uchun tushunarli bo‘lgan san’at tili orqali birlashtiradi. Bu yil Toshkentning muhim madaniy maskanlarida qiziqarli va rang-barang dasturni taqdim etmoqdamiz", — dedi Tatyana Shumova.
Ko‘rgazmaning ochilishida muhim voqealardan biri Zurab Seretelining ikki asarini sovg‘a qilish bo‘ldi. Vasiliy Sereteli asarlardan birini Toshkent Zamonaviy san’at markaziga taqdim etdi.
"Zurab Konstantinovich O‘zbekiston madaniyatiga doimo alohida mehr bilan munosabatda bo‘lgan. Bugun uning Toshkentda o‘z asarlarining katta ko‘rgazmasini namoyish etish istagi amalga oshgani ramziy ma’noga ega. Ushbu ko‘rgazma ustoz katta ahamiyat bergan madaniyatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotning davomidir", — dedi Vasiliy Sereteli.
Ko‘rgazma doirasida Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi, Prezidium a’zosi va RSA vitse-prezidenti Tatyana Kochemasova tomonidan kuratorlik ekskursiyasi ham o‘tkazildi.
"Mangulikka yo‘g‘rilgan umr" ko‘rgazmasi Toshkentda 1-dekabrga qadar davom etadi.