Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytirishni ma’qulladi

© Sputnik / Baxrom XatamovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Uning normativ hujjatlarining bir qismi soddalashtirilgan tartibda 10 ish kunida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisida Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi.
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga Markaziy bankning institutsional mustaqilligini yanada mustahkamlashga, uning normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish bilan bog‘liq faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar kiritilmoqda.
Jumladan, Markaziy bank, uning hududiy bosh boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish Senatning qarori asosida yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, banklarda korporativ boshqaruvni va ichki auditni tashkil etish, aholining qarz yukini tartibga solish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish, tizimli moliyaviy inqiroz yuzaga kelishining oldini olish hamda to‘lovlarni va to‘lov tizimlarini tartibga solish yuzasidan Markaziy bankning yuridik xizmatining ijobiy xulosasi berilgan normativ-huquqiy hujjatlar soddalashtirilgan tartibda 10 kun ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, bu qonun banklar va to‘lov tizimlarining barqarorligini mustahkamlashga, banklar va to‘lov tizimlarini rivojlantirish borasida ilg‘or xalqaro amaliyotni yanada keng joriy etishga xizmat qiladi.
Direktor po strategii, transformatsii i upravleniyu proyektami SB Xusanxodja Abidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Bank va to‘lov xizmatlari qanday o‘zgaradi — Markaziy bank rejalarni aytdi
Yangiliklar lentasi
0