Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yangi dunyo tartibi, tajovuzga javob, Ukraina: Putin “Valday”da nimalar haqida gapirdi

© Sputnik / Kristina Solovyova / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident Vladimir Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti mamlakat Qurolli kuchlarining maxsus harbiy operatsiya hududidagi hujumi sur’ati ortib borayotganini ham ta’kidladi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubi XXIII yig‘ilishining yalpi sessiyasida nutq so‘zladi. Rossiya rahbari o‘z nuqtida global siyosat, G‘arb mamlakatlarining BMTga ta’sir o‘tkazayotgani va Ukrainadagi mojaroga to‘xtalib o‘tadi.
Quyida Putinning asosiy bayonotlarini keltiramiz.
Dunyo hal qiluvchi burilish nuqtasiga yetdi va bu faqat siyosat masalasi emas. Ertami-kechmi, dunyodagi har bir kishi yangi dunyo tartibi tamoyillari bo‘yicha kelishib olishi kerak bo‘ladi.
Yaqin kelajakda xalqaro mojarolar davom etishi ehtimoli yuqori. Insoniyat yo‘q bo‘lib ketishini oldini olish uchun halokatli ssenariylardan qochish kerak.
G‘arb mamlakatlari BMTda juda kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa nomutanosiblikka olib keladi. Rossiya BMTni adolatli isloh qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sun’iy intellektning tarqalishi odamlarni shaxssidan mahrum qilishi mumkin. Bunday raqamli totalitarizm o‘tmishdagi totalitar jamiyatlar kabi o‘lik, dahshatli va g‘ayriinsoniy bo‘ladi.
Global siyosatda hozirda barcha mumkin bo‘lgan taqiqlar buzilmoqda. Ba’zilar “Kuch bo‘lsa aql kerak emas” tamoyili asosida harakat qilmoqda. Ammo bu hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi.
Har bir mamlakat aniq tajovuzga javoban o‘zini qurol bilan himoya qilishga majbur bo‘ladi.
Rusofobiya va ruslarga qarshi zulmni davlat mafkurasiga aylantirib bo‘lmaydi. Hech kim “Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni” maqsad qilmaslik kerak.
Hamma ham yashashni xohlaydi. Keling birgalikda ahil yashash va bunga erishish yo‘llarini topaylik.
Ukrainadagi mojaro va maxsus harbiy operatsiya borishi haqida
Ukrainadagi urush mavzusiga kelsak, haqiqat shundaki, urushni Rossiya boshlamagan, balki Rossiyani uni boshlashga majbur qilishgan.
Rossiya qo‘shinlarining harakat sur’ati ortib bormoqda.
Maxsus harbiy operatsiyadagi vaziyat faol rivojlanmoqda, faqat sentabr oyida Rossiya 1 301 kv. km ni nazorat ostiga oldi.
Rossiya Ukraina mojarosini imkon qadar tezroq, muzokaralar yo‘li bilan tugatishni xohlaydi.
DXR hududining atigi 11 foizi Ukraina nazorati ostida qoldi.
Rossiya DXRning butun hududini Ukraina va Yevropa kutganidan ancha oldin ozod qiladi, deb hisoblaydi.
Ukraina va Yevropaning o‘zi Donbass qolgan qismini atigi 1,5-2 yil ushlab turishga ishonadi.
Rossiya uchun Ukraina atrofidagi vaziyatda masala “bir parcha yer”da emas, balki odamlarda.
Ankorijda AQSh takliflari muhokama qilindi va Rossiya ularga rozi bo‘ldi.
Trampning Ukraina bo‘yicha takliflarida Rossiya uchun murakkab yechimlar mavjud, ammo Moskva bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakat ekanligini tushunadi.
Rossiyaga xavfsizlik kafolatlari va uzoq muddatli tinchlik shartlari kerak.
Rossiya 21-sentabrda, saylovdan so‘ng darhol Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor edi, ammo Kiyev zarbalar berdi.
"Biz bu muzokaralarni boshlash va imkon qadar tezroq yakunlashga tayyormiz. Ammo, albatta, Rossiya Federatsiyasi uchun ham, xalqimiz uchun ham, Rossiya xalqi uchun ham maqbul bo‘lgan shartlarda", - dedi Rossiya yetakchisi.
Prezident Vladimir Putin provel rad vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Putin: bunday odamlarni, bunday mamlakatni yengish mumkin emas — g‘alaba bizniki bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0