O‘zbekiston sanoatida qaysi tarmoq eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarmoqda

Obuna bo‘lish
Joriy yilning yanvar-avgustida respublika sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi - 87 foiz.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-avgusi oylarida O‘zbekistonda 926,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 foizga oshgan.
Sanoat mahsulotlarining asosiy qismi qayta ishlash sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi — 805,7 trln so‘m (87 foiz).
Boshqa yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 57,8 trln so‘m;
elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 58,2 trln so‘m;
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 4,8 trln so‘m.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0