O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 84,1 mlrd dollarga yetdi

© Sputnik / Svetlana ShevchenkoKupuri Dollar SShA.
Kupuri Dollar SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Davlat qarzi 41,7 mlrd dollarga, korporativ qarz esa 42,4 mlrd dollarga yetdi
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2026-yil 1-iyul holatiga 84,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil davomida tashqi qarz 11,9 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga oshdi. Bu Markaziy bank e’lon qilgan hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
O‘sishning asosiy qismi 2025-yilning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelgan. Joriy yil boshidan buyon tashqi qarz 1-yanvardagi 82,2 mlrd dollardan taxminan 1,9 mlrd dollarga yoki 2,3 foizga oshgan.
Davlat tashqi qarzi bir yilda 36,8 mlrd dollardan 41,7 mlrd dollargacha, ya’ni 13,3 foizga oshgan. Korporativ tashqi qarz esa 35,4 mlrd dollardan 42,4 mlrd dollargacha, ya’ni 19,8 foizga ko‘paygan. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkichlar mos ravishda taxminan 1,2 mlrd va 700 mln dollarga o‘sgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan tashqi qarzlar aks ettiriladi.
Markaziy bank korporativ tashqi qarz bo‘yicha davlat majburiyati mavjud emasligini qayd etgan. Bunday qarzlar bo‘yicha to‘lovlar xo‘jalik subyektlari va banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat tashqi qarzi qoldig‘i hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, suveren xalqaro obligatsiyalar qiymati hisobot sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqib qayta hisoblanadi.
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
O‘zbekistonning davlat qarzi besh yilda qariyb ikki baravar oshdi — infografika
Yangiliklar lentasi
0