O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Rossiya tomoni fuqarolar huquqlarini himoya qilish, aktivlarni qaytarish va elektron dalillar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Qozon shahrida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev rossiyalik hamkasbi Aleksandr Gutsan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv MDHga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining (BPMK) 36-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘di.
Uchrashuv davomida Yo‘ldoshev va Gutsan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishga doir muhim masalalarni muhokama qildi.

Rossiya bosh prokurori davlatlarning umumiy tarix, o‘zaro hurmat va qonuniylikni ta’minlashga doir yondashuvlarning yaqinligiga asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini alohida ta’kidladi.
Aleksandr Gutsan ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari oldida turgan umumiy vazifalarga – terrorizm, ekstremizm, korrupsiya, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va raqamli muhitdagi jinoyatlarga qarshi kurashishga e’tibor qaratdi.
“Biz va idoralarimiz o‘rtasida shakllangan ishonchli format dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish va amaliy yechimlar topish imkonini bermoqda, — dedi Rossiya bosh prokurori. — Bu Bishkek deklaratsiyasida belgilangan Bosh prokuraturalar o‘rtasidagi muloqotni qonun ustuvorligi va milliy huquqiy tizimlarni hurmat qilish tamoyillariga rioya qilgan holda chuqurlashtirish yo‘nalishiga mos keladi”.
Rossiya nazorat idorasi rahbari prokurorlik faoliyatining barcha dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, aktivlarni qaytarish va elektron dalillar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
MDHga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar ko‘rib chiqilib, xorijga noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish sohasidagi zamonaviy chaqiriqlar va yangi yechimlar yuzasidan tajriba almashildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, MDH BPMK qarorlari qabul qilinib, ularda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar prokuratura organlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.