O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinisterstva oboroni Azerbaydjana i Uzbekistana podpisali plan voyennogo sotrudnichestva na 2027 god.
Ministerstva oboroni Azerbaydjana i Uzbekistana podpisali plan voyennogo sotrudnichestva na 2027 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirlari O‘zbekiston va Ozarbayjon armiyalarini rivojlantirish va mustahkamlashda o‘zaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2027-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Hujjat O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedovning Ozarbayjonga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashuvi yakunida imzolandi.
Hujjat kelasi yildagi harbiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik do‘stona va qardoshlik munosabatlariga asoslanganini ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon armiyalarini rivojlantirish va mustahkamlashda o‘zaro hamkorlikning ahamiyati qayd etildi.
Muloqot davomida harbiy va harbiy ta’lim sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mudofaa sohasiga oid boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Koordinatsionnogo komiteta nachalnikov svazi voorujennix sil gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
O‘zbekiston MDH davlatlari qurolli kuchlari aloqa boshliqlari yig‘ilishida qatnashdi
Yangiliklar lentasi
0