Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari uchta aholi punktini ozod qildi

© RIA NovostiRossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii.
Rossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Xarkov, Sumi va Zaporojye viloyatlarida uchta aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Dobropolyeda hujum davom etmoqda.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi Shabelnoe, Sumi viloyatidagi Tolstodubovo va Zaporojye viloyatidagi Yegorovka aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shabelnoe va Tolstodubovo "Shimol" qo‘shinlar guruhi, Yegorovka esa "Sharq" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari tomonidan ozod qilindi.
DXRning Dobropolye shahrida 51-armiya hujum guruhlari shimoli-sharqiy, markaziy va janubiy qismlarda oldinga siljishni davom ettirdi. Bir sutkada 164 ta bino ustidan nazorat o‘rnatildi.
"Shimol" bo‘linmalari Xarkov viloyati shimoli-sharqida UQK tuzilmalarining qamal halqasini toraytirish va tashqi nazorat zonasini kengaytirishni davom etmoqda. Prikolotnoe aholi punktini nazoratga olish uchun janglar ketmoqda.
Shuningdek, o‘tgan sutka davomida UQK manfaatlarida foydalanilayotgan transport infratuzilmasi obyektlari, o‘q-dori va radioelektron jihozlar omborlari hamda dronlar saqlanadigan joylarga zarbalar berildi.
Boyevoe dejurstvo MOG gruppirovki voysk Sentr na Dobropolskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXR va Xarkov viloyatida ikki aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0