Isroilga uchayotgan va olib qochildi deb gumon qilingan samolyot Saudiyaga qo‘ndi — tafsilotlar

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 737-800 aviakompanii FlyDubai
Samolet Boeing 737-800 aviakompanii FlyDubai - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Obuna bo‘lish
Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan "Flydubai" samolyoti "olib qochish" signalini berdi. Isroil qiruvchilarni havoga ko‘tardi, bort esa Saudiya Arabistoniga qo‘ndi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan "Flydubai" samolyoti havoda samolyot olib qochilishi mumkinligini anglatuvchi signal berdi va Saudiya Arabistoniga yo‘naldi, deb xabar berdi RIA Novosti Isroil davlat televideniyesiga tayanib.
Gap "Flydubai" aviakompaniyasining FZ1073 reysi haqida bormoqda. Boeing 737 MAX 8 avval umumiy favqulodda holatni bildiruvchi 7700 kodini, keyin esa samolyotga noqonuniy aralashuv yoki uni olib qochish ehtimolini anglatuvchi 7500 kodini uzatgan. Shundan so‘ng bort yo‘nalishini o‘zgartirib, Saudiya Arabistoni tomon burilgan.
Dastlab samolyot bilan aloqa yo‘qolgani va u parvozlarni kuzatish servislaridan g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat ehtimoliy samolyot olib qochish holati sifatida baholangan.
Isroil harbiy-havo kuchlari samolyot tomon qiruvchi samolyotlarni ko‘tardi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xavfsizlik va mudofaa tuzilmalari rahbarlari bilan shoshilinch maslahatlashuv o‘tkazdi.
Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir ham Harbiy-havo kuchlari, operatsiyalar va razvedka boshqarmalari rahbarlari ishtirokida vaziyatni baholadi.
Keyinroq samolyot Saudiya Arabistonining Tabuk aeroportiga xavfsiz qo‘ndi. Isroil xavfsizlik manbalari samolyot olib qochilmaganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyatga samolyot kabinasida ikki uchuvchi o‘rtasida yuz bergan janjal sabab bo‘lgan. Isroil OAVlari janjal vaqtida 7500 kodi ishga tushganini xabar qildi.

"Flydubai" ham bortda zo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisa yuz berganini tasdiqlagani xabar qilinmoqda. Biroq hodisaning barcha tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Ayrim Isroil OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, reysda 170 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Samolyot qo‘nganidan keyin ekipajdan hodisa sabablarini aniqlash uchun tushuntirish olinishi kutilmoqda.
V mejdunarodnom aeroportu Manas v Kirgizstane proizoshla avariya s samoletom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0