https://oz.sputniknews.uz/20260929/uzbekistan-orin-asian-games-60807758.html
Osiyo o‘yinlari: Jo‘rayevning jahon rekordi, O‘zbekiston natijalari va sensatsiyalar
Osiyo o‘yinlari: Jo‘rayevning jahon rekordi, O‘zbekiston natijalari va sensatsiyalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Aichi-Nagoya Osiyo o‘yinlarida 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza bilan 4-o‘rinda bormoqda. Sputnik Yaponiyadagi musobaqaning 9 kunlik natijalari, medallar jadvali, so‘nggi rekordlar va sensatsiyalarni jamladi.
2026-09-29T09:16+0500
2026-09-29T09:16+0500
2026-09-29T09:38+0500
sport
olimpiya o‘yinlari
olimpiada
oltin medal
kumush medal
bronza medal
rekord
natija
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60807205_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_0282ecd1deb20f87bf3e083fabb2f000.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida jahon rekordini yangiladi.-110 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi dast ko‘tarish mashqida 197 kg natija qayd etdi.28 sentabr kuni O‘zbekiston sportchilari Osiyo o‘yinlarida yana 4 ta medal — 2 ta oltin va 2 ta bronza qo‘lga kiritdi.Yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda 8,06 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, 28-sentabr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza — jami 42 ta medal bor.29 sentabr kunigi natijalar, jumladan, Akbar Jo‘rayev ishtirok etayotgan og‘ir atletika bahslari ushbu hisobga hali kirmagan.O‘zbekiston musobaqalarda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonda umumiy medallar soni O‘zbekistondan ko‘proq — 45 ta, biroq 9 ta oltin bilan u 5-o‘rinda.Bir kunda uchta rekord28 sentabr yengil atletika musobaqalari bir qator rekordlar bilan yodda qoldi.Bahraynlik Uinfred Yavi 5000 metrga yugurishda g‘alaba qozonib, ushbu Osiyo o‘yinlarida uchinchi oltin medalini oldi. U bundan avval 10 000 metr hamda 3000 metrga to‘siqlar osha yugurishda ham chempion bo‘lgan edi. Shu kunning o‘zida yengil atletikada Osiyo o‘yinlarining uchta rekordi yangilandi.BAA vakili Mariam Karim ayollar o‘rtasida 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda 54,31 soniya natija bilan rekord o‘rnatdi.Yaponiyalik Ruji Miura 3000 metrga to‘siqlar osha yugurishda 8 daqiqa 17,36 soniya ko‘rsatib, avvalgi rekordni yangiladi.Uning hamurti Kadzuto Iizava esa 1500 metr masofani 3 daqiqa 36,35 soniyada bosib o‘tib, 16-yillik Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.17 yoshida jahon rekordi17 yoshli yaponiyalik Sin Ohasi 200 metrga brass usulida suzishda masofani 2 daqiqa 4,83 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. U tarixda ushbu masofani 2 daqiqa 5 soniyadan tez suzgan birinchi sportchi bo‘ldi.Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari 4-oktabrga qadar davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260927/asia-oyinlar-uzbekistan-medallar-60779625.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60807205_50:0:1187:853_1920x0_80_0_0_70ccb7256257b4f318cba564e8d8cc1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, olimpiya o‘yinlari, olimpiada , oltin medal, kumush medal, bronza medal, rekord, natija
sport, olimpiya o‘yinlari, olimpiada , oltin medal, kumush medal, bronza medal, rekord, natija
Osiyo o‘yinlari: Jo‘rayevning jahon rekordi, O‘zbekiston natijalari va sensatsiyalar
09:16 29.09.2026 (yangilandi: 09:38 29.09.2026) Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026da dast ko‘tarishda 197 kg bilan jahon rekordini yangiladi. 28-sentabr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 42 ta medal bilan 4-o‘rinda
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida jahon rekordini yangiladi.
-110 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi dast ko‘tarish mashqida 197 kg natija qayd etdi.
Shu tariqa Jo‘rayev o‘zining avvalgi jahon rekordini 1 kilogrammga yaxshiladi. U 2025-yil 10-oktabrda Norvegiyaning Forde shahrida 196 kg natija bilan jahon rekordi o‘rnatgan edi.
28 sentabr kuni O‘zbekiston sportchilari Osiyo o‘yinlarida yana 4 ta medal — 2 ta oltin va 2 ta bronza qo‘lga kiritdi.
Kurash bo‘yicha Pokizaxon Kamoliddinova -78 kg, Axror Ziyodullayev esa -81 kg vazn toifasida Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Shohista Nazarova -78 kg vaznda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda 8,06 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, 28-sentabr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza — jami 42 ta medal bor.
29 sentabr kunigi natijalar, jumladan, Akbar Jo‘rayev ishtirok etayotgan og‘ir atletika bahslari ushbu hisobga hali kirmagan.
O‘zbekiston musobaqalarda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonda umumiy medallar soni O‘zbekistondan ko‘proq — 45 ta, biroq 9 ta oltin bilan u 5-o‘rinda.
28 sentabr yengil atletika musobaqalari bir qator rekordlar bilan yodda qoldi.
Bahraynlik Uinfred Yavi 5000 metrga yugurishda g‘alaba qozonib, ushbu Osiyo o‘yinlarida uchinchi oltin medalini oldi. U bundan avval 10 000 metr hamda 3000 metrga to‘siqlar osha yugurishda ham chempion bo‘lgan edi.
Yavi Osiyo o‘yinlari tarixida bir musobaqaning o‘zida ushbu uch yo‘nalishning barchasida g‘alaba qozongan birinchi sportchi bo‘ldi.
Shu kunning o‘zida yengil atletikada Osiyo o‘yinlarining uchta rekordi yangilandi.
BAA vakili Mariam Karim ayollar o‘rtasida 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda 54,31 soniya natija bilan rekord o‘rnatdi.
Yaponiyalik Ruji Miura 3000 metrga to‘siqlar osha yugurishda 8 daqiqa 17,36 soniya ko‘rsatib, avvalgi rekordni yangiladi.
Uning hamurti Kadzuto Iizava esa 1500 metr masofani 3 daqiqa 36,35 soniyada bosib o‘tib, 16-yillik Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.
17 yoshli yaponiyalik Sin Ohasi 200 metrga brass usulida suzishda masofani 2 daqiqa 4,83 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. U tarixda ushbu masofani 2 daqiqa 5 soniyadan tez suzgan birinchi sportchi bo‘ldi.
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari 4-oktabrga qadar davom etadi.