Rossiyaning O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti qariyb 1,5 barobarga oshdi

© Unsplash/Immo WegmannPshenichnaya muka.
Pshenichnaya muka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyadan O‘zbekistonga agrosanoat mahsulotlari yetkazib berish 8 oyda 46 foizga oshdi. Eksport hajmi 930 ming tonnaga yaqinlashib, rekord ko‘rsatkichga yetdi
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 2026-yil yanvar–avgust oylarida Rossiya O‘zbekistonga qariyb 930 ming tonna agrosanoat mahsulotlari yetkazib berdi. Ularning umumiy qiymati 916 million dollarga yetdi. Bu haqda "Agroeksport" matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi natural ko‘rinishda 46 foizga, qiymat jihatidan 36 foizga oshdi.
Sakkiz oylik natija Rossiyadan O‘zbekistonga agrosanoat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha ham hajm, ham qiymat jihatidan rekord bo‘ldi.
O‘zbekiston eng ko‘p quyidagi mahsulotlarni xarid qildi:
shakar — 293 ming tonna;
soya kunjarasi va shroti — 211 ming tonna;
bug‘doy — 71 ming tonnadan ziyod;
alkogolsiz ichimliklar — 41 ming tonnadan ziyod;
kungaboqar yog‘i — 31,5 ming tonnadan ziyod.
Eksport o‘sishining asosiy omillaridan biri shakar bo‘ldi. Uning yetkazib berilishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5 ming tonnaga, qiymati esa 93,1 million dollarga oshdi.
Soya kunjarasi va shroti eksporti ham 59,6 ming tonnaga ko‘paydi, qiymatdagi o‘sish 119,5 million dollarni tashkil qildi.
Rossiyadan O‘zbekistonga agrosanoat mahsulotlari eksporti 2024-yildan buyon yiliga 1 milliard dollardan oshib kelmoqda. 2025-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,2 milliard dollardan oshgan edi.
Pshenichnoe pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya YeOII mamlakatlariga rekord darajada agrosanoat majmui mahsulotlarini yetkazib berdi
Yangiliklar lentasi
0