https://oz.sputniknews.uz/20260928/evropaliklar-moscow-hujum-qorqitish-60794446.html
"Ruslar deyarli yetib keldi": yevropaliklarni "Moskva hujumi yaqin" deb qanday qo‘rqitishmoqda
"Ruslar deyarli yetib keldi": yevropaliklarni "Moskva hujumi yaqin" deb qanday qo‘rqitishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Daniya razvedkasining Rossiya tahdidi haqidagi hisoboti G‘arb OAVda "Moskva hujumi yaqin" degan shov-shuvli sarlavhalarga aylandi. RIA Novosti kolumnisti Vladimir Kornilov bu axborot zanjiri va uning mantig‘ini tahlil qildi.
2026-09-28T13:26+0500
2026-09-28T13:26+0500
2026-09-28T13:30+0500
kolumnistlar
yevropa
daniya
buyuk britaniya
sergey lavrov
nato
oav
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60794188_0:0:1440:810_1920x0_80_0_0_6b9d7384bd9c6039053966ec4540d4ae.jpg
Estoniya razvedkasi haqidagi internet-memlar endi dolzarb emas. O‘tgan haftadan boshlab estoniyaliklarni daniyaliklar samarali almashtirdi. Qolaversa, daniyalik razvedkachilar G‘arb OAVda shunchalik ko‘p iqtibos keltirilishini o‘zlari ham kutmagan ko‘rinadi.Voqealar zanjiri Daniya harbiy vertolotining Rossiyaning "Soobrazitelniy" korvetiga qarshi provokatsiyasidan boshlandi. 14-sentabr kuni Boltiq dengizining xalqaro suvlarida bo‘lgan kemasiga Fennec vertoloti go‘yoki "odatiy suratga olish" uchun xavfli darajada yaqinlashdi. Daniyaliklarni to‘qnashuv xavfidan ogohlantirish uchun ekipaj ikkita signal raketasini uchirishga majbur bo‘ldi.Ana shunda qirollik harbiy idorasi rahbari Yeppe Bruusda kutilmaganda muammolar boshlandi. O‘z mamlakati matbuoti voqea yuzasidan mutlaqo o‘rinli, ammo juda noqulay savollar bera boshladi.Endi vazir hayron: muammo nimada o‘zi? Katta gap bo‘pti — Daniya armiyasi kemaga qarshi navbatdagi provokatsiya bilan sharmandali ahvolga tushib, odatdagidek "Rossiya tajovuzi" haqida shov-shuv ko‘tardi. Buning nimasi yangilik? Yevropada hamma shu bilan shug‘ullanadi.Ammo Bruus idorasining versiyasi shunchalik ishonchsiz va ziddiyatli ediki, oxir-oqibat undan so‘rashdi: agar vertolot korvetdan xavfsiz masofada bo‘lgan bo‘lsa, uchish masofasi 150–200 metrdan oshmaydigan signal raketasi qanday qilib uning yaqinidan uchib o‘tgan?Bu vazirni dovdiratib qo‘ydi. U Daniya matbuoti "Rossiya versiyasiga haddan tashqari ko‘p e’tibor qaratayotgani", "o‘z armiyasiga ishonish kerakligi" va eng kulgili tomoni — o‘zi "masofa bo‘yicha mutaxassis emasligi"ni ayta boshladi.Ammo jurnalistlar unga o‘tgan yil kuzida Daniya aeroportlari ustida uchayotgan "katta ehtimol bilan rus dronlari" haqidagi hukumat xabarlariga ishonganliklarini eslatishdi. O‘shanda katta janjal ko‘tarilgan, "hodisa" G‘arb tahlilchilarining "Rossiyaning gibrid urushi" haqidagi keyingi hisobotlariga kiritilgan edi. Ya’ni hozir tinmay "Bo‘rilar!" (bu o‘rinda "Rossiya tahdidi!") deb baqirgan bolakay effekti ishga tushdi: bir kuni unga shunchaki ishonmay qo‘yishdi.Xo‘sh, o‘z matbuotining ishonchsizligiga duch kelgan daniyalik "bolakay" nima qildi?Bruus, aftidan, sharmanda bo‘lganini tushunib yetib, maxsus matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda unga bo‘ysunuvchi Daniya harbiy razvedka xizmati — FE "Rossiya tomonidan tahdidni baholash" deb nomlangan uch sahifalik mutlaqo foydasiz va bo‘sh hujjatni taqdim etdi.Ya’ni Daniya Mudofaa vazirligi uchun sharmandali bo‘lgan dengizdagi voqeaga matbuot qiziqishini chalg‘itish uchun axborot maydoniga dabdabali nom bilan mazmunsiz qog‘oz tashlashdi.Va bu ish berganga o‘xshadi: ertasi kuni hujjat haqida butun G‘arb matbuoti yozdi. Ammo ularning talqinida "FE"ning beozor xulosalari qandaydir apokaliptik tus oldi — hatto ma’ruza mualliflarining o‘zlari uchun ham kutilmagan darajada.Gap shundaki, bu uch sahifa qandaydir maxfiy ma’lumotlar tahlili emas. Bu yuz berishi mumkin va yuz berishi mumkin bo‘lmagan ssenariylarning oddiy ro‘yxati, xolos. Ehtimol, internetdagi ochiq ma’lumotlardan sun’iy intellekt tomonidan shoshilinch tuzilgan.Hujjatda yozilishicha, Rossiyaning Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish xavfi "juda ehtimoldan yiroq", "cheklangan harbiy hujum" xavfi esa "past, ammo o‘sib borayotgan" deb baholangan.Endi G‘arb OAVning bu boradagi jazavasiga e’tibor bering. CNBC, "The Guardian", "Financial Times", "Sky News" va boshqalar bir xil mazmundagi sarlavha bilan chiqmoqda: "Rossiya bir necha oy ichida NATO mamlakatiga hujum qilishi mumkin, deb ogohlantirmoqda Daniya razvedkasi".Farqni his qiling!Matbuot anjumanining ertasi kuni bu xabarlarni o‘qigan daniyalik harbiy razvedkachilarning og‘zi ochilib qolganini tasavvur qilish mumkin. Ular Rossiyaga qarshi provokatsiya atrofidagi janjalni bostirishni xohlashdi, ammo o‘zlari yanada qizg‘inroq janjalni qo‘zg‘atishdi.Aslida, eskalatsiya shunday avj oladi!Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Yevropada 2030-yilda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq Rossiyaga qarshi jazava haqida gapirganida aynan shuni nazarda tutgan edi.Bu avanturistlar Rossiyaga qarshi ssenariylar orqali o‘z fuqarolarining asabini buzishda, ochiqdan-ochiq haddan oshishda davom etmoqda.Buni faqat daniyalik jurnalistlarning o‘z armiyasi versiyasiga ishonchsizligi emas, Britaniyadagi munosabat ham ko‘rsatadi.Masalan, jamoatchilik "Sky One" telekanalidagi "Urush o‘yini" shousini katta shubha bilan qabul qildi. Unda Britaniya siyosatining "urib tushirilgan uchuvchilari" Rossiya bilan urushning borishini modellashtirgan.Britaniya bosh vaziri rolini konservatorlar hukumatining bir paytlar qudratli vaziri Maykl Gouv ijro etdi. Mudofaa vaziri rolini esa nisbatan yaqinda haqiqatan ham mudofaa vaziri bo‘lgan Penni Mordont o‘ynadi.Bu avanturistlar ushbu shouda o‘z mamlakatlarini Rossiyaga qarshi urushga qanchalik osonlik bilan tortganliklari yanada hayratlanarli: hammasi yadroviy zarba berish imkoniyatini muhokama qilish bilan yakunlanadi. Chamasi, shundan keyin zulmat cho‘kkan...Hatto Rossiyaning azaliy tanqidchilari ham bu qo‘rqinchli tomoshani keskin tanqid qilishdi. Liberal "The New World" jurnali uni "propaganda" deb atadi, chunki har bir qism bir xil fikrga olib keladi: "Britaniya yomon qurollangan va Rossiya bilan urushga tayyor emas".Rossiyaning uzoq yillik tanqidchisi Ouen Mettyuz esa "The Independent" sahifalarida shou Daniya harbiy razvedkasining hisoboti bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratdi. U Rossiya tajovuzi bilan qo‘rqitishning umumevropa muhitiga organik tarzda uyg‘unlashganini ta’kidladi.Shuningdek, Mettyuz bunday qo‘rqinchli ssenariylarning asosiy muammosini ko‘rsatdi: ularda hech kim "Rossiya bilan yetilib kelayotgan qarama-qarshilikning manbai bo‘lgan tushunmovchilik, ritorika va paranoyya tumanini qanday tarqatish kerak" degan savolni bermaydi.Ish shu darajaga borib yetdiki, Britaniya rusofobiyasining bosh mafkurachisi Edvard Lukas ham Rossiyaga nisbatan qo‘rquvlarni kuchaytirishda "ehtiroslarni jilovlashga" chaqirmoqda. Chunki, uning fikricha, bu bilan ular Rossiyaning nog‘orasiga o‘ynamoqda:Bu shuni anglatadiki, hatto o‘nlab yillar davomida "rus tahdidi" haqida jar solgan ba’zi "bolalar" ham ochiqcha haddan oshib ketganliklarini tushunib yetishdi.Ular rus klassiklarining "Keyin sizning malla jingalak sochlaringiz ko‘zga battar tashlanadi va sizni shunchaki ura boshlashadi", degan satrlarini o‘qiganga o‘xshaydi.Qolaversa, noqulay savollar berayotgan o‘z auditoriyasi ularni do‘pposlashni boshlayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/lavrov-europe-russia-60492313.html
yevropa
daniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60794188_180:0:1260:810_1920x0_80_0_0_0cc0b49727ae49bef51626076c28998a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
kolumnistlar, yevropa, daniya, buyuk britaniya, sergey lavrov, nato, oav
kolumnistlar, yevropa, daniya, buyuk britaniya, sergey lavrov, nato, oav
"Ruslar deyarli yetib keldi": yevropaliklarni "Moskva hujumi yaqin" deb qanday qo‘rqitishmoqda
13:26 28.09.2026 (yangilandi: 13:30 28.09.2026) Daniya razvedkasining Rossiya tahdidi haqidagi bahsli hisoboti G‘arb OAVda qanday qilib "Moskva hujumi yaqin" degan mazmunda talqin qilingani haqida RIA Novosti kolumnisti Vladimir Kornilov yozdi.
Estoniya razvedkasi haqidagi internet-memlar endi dolzarb emas. O‘tgan haftadan boshlab estoniyaliklarni daniyaliklar samarali almashtirdi. Qolaversa, daniyalik razvedkachilar G‘arb OAVda shunchalik ko‘p iqtibos keltirilishini o‘zlari ham kutmagan ko‘rinadi.
Voqealar zanjiri Daniya harbiy vertolotining Rossiyaning "Soobrazitelniy" korvetiga qarshi provokatsiyasidan boshlandi. 14-sentabr kuni Boltiq dengizining xalqaro suvlarida bo‘lgan kemasiga Fennec vertoloti go‘yoki "odatiy suratga olish" uchun xavfli darajada yaqinlashdi. Daniyaliklarni to‘qnashuv xavfidan ogohlantirish uchun ekipaj ikkita signal raketasini uchirishga majbur bo‘ldi.
Shundan so‘ng vertolot darhol uchib ketdi, ertasi kuni esa Daniya Mudofaa vazirligi raketalardan biri "vertolotdan bir necha metr naridan uchib o‘tganini" aytib, butun dunyoga shov-shuv ko‘tardi.
Ana shunda qirollik harbiy idorasi rahbari Yeppe Bruusda kutilmaganda muammolar boshlandi. O‘z mamlakati matbuoti voqea yuzasidan mutlaqo o‘rinli, ammo juda noqulay savollar bera boshladi.
Endi vazir hayron: muammo nimada o‘zi? Katta gap bo‘pti — Daniya armiyasi kemaga qarshi navbatdagi provokatsiya bilan sharmandali ahvolga tushib, odatdagidek "Rossiya tajovuzi" haqida shov-shuv ko‘tardi. Buning nimasi yangilik? Yevropada hamma shu bilan shug‘ullanadi.
Ammo Bruus idorasining versiyasi shunchalik ishonchsiz va ziddiyatli ediki, oxir-oqibat undan so‘rashdi: agar vertolot korvetdan xavfsiz masofada bo‘lgan bo‘lsa, uchish masofasi 150–200 metrdan oshmaydigan signal raketasi qanday qilib uning yaqinidan uchib o‘tgan?
Bu vazirni dovdiratib qo‘ydi. U Daniya matbuoti "Rossiya versiyasiga haddan tashqari ko‘p e’tibor qaratayotgani", "o‘z armiyasiga ishonish kerakligi" va eng kulgili tomoni — o‘zi "masofa bo‘yicha mutaxassis emasligi"ni ayta boshladi.
Ammo jurnalistlar unga o‘tgan yil kuzida Daniya aeroportlari ustida uchayotgan "katta ehtimol bilan rus dronlari" haqidagi hukumat xabarlariga ishonganliklarini eslatishdi. O‘shanda katta janjal ko‘tarilgan, "hodisa" G‘arb tahlilchilarining "Rossiyaning gibrid urushi" haqidagi keyingi hisobotlariga kiritilgan edi.
Bir necha oydan so‘ng esa Daniya politsiyasi tergovni jimgina to‘xtatib, amalda hech qanday dronlar bo‘lmaganini tan oldi.
Ya’ni hozir tinmay "Bo‘rilar!" (bu o‘rinda "Rossiya tahdidi!") deb baqirgan bolakay effekti ishga tushdi: bir kuni unga shunchaki ishonmay qo‘yishdi.
Xo‘sh, o‘z matbuotining ishonchsizligiga duch kelgan daniyalik "bolakay" nima qildi?
Bruus, aftidan, sharmanda bo‘lganini tushunib yetib, maxsus matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda unga bo‘ysunuvchi Daniya harbiy razvedka xizmati — FE "Rossiya tomonidan tahdidni baholash" deb nomlangan uch sahifalik mutlaqo foydasiz va bo‘sh hujjatni taqdim etdi.
Ya’ni Daniya Mudofaa vazirligi uchun sharmandali bo‘lgan dengizdagi voqeaga matbuot qiziqishini chalg‘itish uchun axborot maydoniga dabdabali nom bilan mazmunsiz qog‘oz tashlashdi.
Va bu ish berganga o‘xshadi: ertasi kuni hujjat haqida butun G‘arb matbuoti yozdi. Ammo ularning talqinida "FE"ning beozor xulosalari qandaydir apokaliptik tus oldi — hatto ma’ruza mualliflarining o‘zlari uchun ham kutilmagan darajada.
Gap shundaki, bu uch sahifa qandaydir maxfiy ma’lumotlar tahlili emas. Bu yuz berishi mumkin va yuz berishi mumkin bo‘lmagan ssenariylarning oddiy ro‘yxati, xolos. Ehtimol, internetdagi ochiq ma’lumotlardan sun’iy intellekt tomonidan shoshilinch tuzilgan.
Hujjatda yozilishicha, Rossiyaning Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish xavfi "juda ehtimoldan yiroq", "cheklangan harbiy hujum" xavfi esa "past, ammo o‘sib borayotgan" deb baholangan.
Ya’ni Daniya razvedkasi osmondan olib gapirdi, biroq mutlaqo ehtirosni qo‘zg‘atmaydigan hujjatni taqdim etdi.
Endi G‘arb OAVning bu boradagi jazavasiga e’tibor bering. CNBC, "The Guardian", "Financial Times", "Sky News" va boshqalar bir xil mazmundagi sarlavha bilan chiqmoqda: "Rossiya bir necha oy ichida NATO mamlakatiga hujum qilishi mumkin, deb ogohlantirmoqda Daniya razvedkasi".
Matbuot anjumanining ertasi kuni bu xabarlarni o‘qigan daniyalik harbiy razvedkachilarning og‘zi ochilib qolganini tasavvur qilish mumkin. Ular Rossiyaga qarshi provokatsiya atrofidagi janjalni bostirishni xohlashdi, ammo o‘zlari yanada qizg‘inroq janjalni qo‘zg‘atishdi.
Aslida, eskalatsiya shunday avj oladi!
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Yevropada 2030-yilda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq Rossiyaga qarshi jazava haqida gapirganida aynan shuni nazarda tutgan edi.
"Bunday pozitsiya o‘zini o‘zi amalga oshiradigan bashoratga aylanishi mumkin", — deya ogohlantirdi vazir, Yevropa elitalari orasida hozir avanturistlar ko‘pligini ta’kidladi.
Bu avanturistlar Rossiyaga qarshi ssenariylar orqali o‘z fuqarolarining asabini buzishda, ochiqdan-ochiq haddan oshishda davom etmoqda.
Buni faqat daniyalik jurnalistlarning o‘z armiyasi versiyasiga ishonchsizligi emas, Britaniyadagi munosabat ham ko‘rsatadi.
Masalan, jamoatchilik "Sky One" telekanalidagi "Urush o‘yini" shousini katta shubha bilan qabul qildi. Unda Britaniya siyosatining "urib tushirilgan uchuvchilari" Rossiya bilan urushning borishini modellashtirgan.
Britaniya bosh vaziri rolini konservatorlar hukumatining bir paytlar qudratli vaziri Maykl Gouv ijro etdi. Mudofaa vaziri rolini esa nisbatan yaqinda haqiqatan ham mudofaa vaziri bo‘lgan Penni Mordont o‘ynadi.
Bu avanturistlar ushbu shouda o‘z mamlakatlarini Rossiyaga qarshi urushga qanchalik osonlik bilan tortganliklari yanada hayratlanarli: hammasi yadroviy zarba berish imkoniyatini muhokama qilish bilan yakunlanadi. Chamasi, shundan keyin zulmat cho‘kkan...
Hatto Rossiyaning azaliy tanqidchilari ham bu qo‘rqinchli tomoshani keskin tanqid qilishdi. Liberal "The New World" jurnali uni "propaganda" deb atadi, chunki har bir qism bir xil fikrga olib keladi: "Britaniya yomon qurollangan va Rossiya bilan urushga tayyor emas".
"Bu Maykl Gouv ishtirokidagi oxirzamon — hammamiz halokatga mahkummiz", — deya kinoya qildi The Times.
Rossiyaning uzoq yillik tanqidchisi Ouen Mettyuz esa "The Independent" sahifalarida shou Daniya harbiy razvedkasining hisoboti bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratdi. U Rossiya tajovuzi bilan qo‘rqitishning umumevropa muhitiga organik tarzda uyg‘unlashganini ta’kidladi.
Shuningdek, Mettyuz bunday qo‘rqinchli ssenariylarning asosiy muammosini ko‘rsatdi: ularda hech kim "Rossiya bilan yetilib kelayotgan qarama-qarshilikning manbai bo‘lgan tushunmovchilik, ritorika va paranoyya tumanini qanday tarqatish kerak" degan savolni bermaydi.
Ish shu darajaga borib yetdiki, Britaniya rusofobiyasining bosh mafkurachisi Edvard Lukas ham Rossiyaga nisbatan qo‘rquvlarni kuchaytirishda "ehtiroslarni jilovlashga" chaqirmoqda. Chunki, uning fikricha, bu bilan ular Rossiyaning nog‘orasiga o‘ynamoqda:
"Qo‘rqinchli gaplar — bu Kremlning psixologik operatsiyasi... Kreml FUD — fear, uncertainty, doubt, ya’ni "qo‘rquv, noaniqlik, shubha" taktikasini tarqatishga harakat qilmoqda. Va juda ko‘p go‘yoki ekspert ovozlari buni kuchaytirmoqda".
Bu shuni anglatadiki, hatto o‘nlab yillar davomida "rus tahdidi" haqida jar solgan ba’zi "bolalar" ham ochiqcha haddan oshib ketganliklarini tushunib yetishdi.
Ular rus klassiklarining "Keyin sizning malla jingalak sochlaringiz ko‘zga battar tashlanadi va sizni shunchaki ura boshlashadi", degan satrlarini o‘qiganga o‘xshaydi.
Qolaversa, noqulay savollar berayotgan o‘z auditoriyasi ularni do‘pposlashni boshlayapti.