https://oz.sputniknews.uz/20260926/xitoy-va-aqsh-hurmat-asosida-tinch-totuv-yashash-yolini-topa-oladi-60762952.html
Xitoy va AQSh o‘zaro hurmat asosida tinch-totuv yashash yo‘lini topa oladi - Van I
Xitoy va AQSh o‘zaro hurmat asosida tinch-totuv yashash yo‘lini topa oladi - Van I
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy tashqi ishlar vazirligi Si Szinpinning AQShga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonot e’lon qildi. 26.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-26T19:41+0500
2026-09-26T19:41+0500
2026-09-26T19:41+0500
xitoy
aqsh
si szinpin
van i
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60764451_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_740267dbba0586c88378eef78e1ab691.png
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Xitoy va AQSh o‘zaro hurmat va teng huquqlilik asosida tinch-totuv yashash yo‘lini topa oladi, dedi shanba kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, XXR raisi Si Szinpinning AQShga tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonotida.Shuningdek vazir Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida kelishmovchilik va ziddiyatlar bo‘lishi tabiiy hol dedi. "Xitoy va AQShning milliy xususiyatlari turlicha, shuning uchun ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Ba’zi kelishmovchiliklar juda keskin, ayrim qarama-qarshiliklar esa murakkab xarakterga ega", - dedi Van I. Shu bilan birga u, mavjud kelishmovchiliklarni saqlab qolgan holda, umumiy til topishish Xitoy va AQSh munosabatlarining eng muhim jihati ekanligini ta’kidladi.Shuningdek, Van I, Xitoy raisi Si Szinpinning AQShga tashrifi natijalari dunyoda uzoq muddatli tinchlikka katta ta’sir ko‘rsatishini ham aytib o‘tdi. "Ushbu tarixiy tashrif Xitoy-AQSh konstruktiv strategik barqarorlik munosabatlarining mazmunini boyitdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda umumiy barqarorlikni ta’minladi va bu munosabatlar tarixida yangi bob ochdi va yozdi, bu butun dunyoda tinchlik va taraqqiyotga keng ta’sir ko‘rsatadi", dedi vazir.Shuningdek, Van I Si Szinpinning "xotirjam rahbarlik uslubi” amerikaliklarda chuqur tassurot qoldirganini ham aytib o‘tdi.XXR Raisi Si Szinpin 24-25 sentabr kunlari AQShga davlat tashrifi bilan bordi. Tashrif doirasida Oq Uyda rasmiy qabul marosimi, Tramp va Si Szinpin orasida tor va keng doiradagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60764451_72:0:960:666_1920x0_80_0_0_c5beebeb1b811547fb9d3aa02cd91ec8.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy, aqsh, si szinpin, van i, donald tramp
xitoy, aqsh, si szinpin, van i, donald tramp
Xitoy va AQSh o‘zaro hurmat asosida tinch-totuv yashash yo‘lini topa oladi - Van I
Xitoy tashqi ishlar vazirligi Si Szinpinning AQShga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonot e’lon qildi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Xitoy va AQSh o‘zaro hurmat va teng huquqlilik asosida tinch-totuv yashash yo‘lini topa oladi, dedi shanba kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, XXR raisi Si Szinpinning AQShga tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonotida.
"Xitoy va AQSh orasida o‘zaro hurmat, adolat va tenglik ta’minlansa, albatta, muloqot va maslahatlashuvlar orqali, bu sayyorada turli sivilizatsiya, tizim va rivojlanish yo‘llariga ega bo‘lgan ikki davlat uzoq muddatli tinch-totuv yashashi uchun to‘g‘ri yo‘lni birgalikda belgilashlari mumkin", - dedi u.
Shuningdek vazir Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida kelishmovchilik va ziddiyatlar bo‘lishi tabiiy hol dedi.
"Xitoy va AQShning milliy xususiyatlari turlicha, shuning uchun ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Ba’zi kelishmovchiliklar juda keskin, ayrim qarama-qarshiliklar esa murakkab xarakterga ega", - dedi Van I.
Shu bilan birga u, mavjud kelishmovchiliklarni saqlab qolgan holda, umumiy til topishish Xitoy va AQSh munosabatlarining eng muhim jihati ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Van I, Xitoy raisi Si Szinpinning AQShga tashrifi natijalari dunyoda uzoq muddatli tinchlikka katta ta’sir ko‘rsatishini ham aytib o‘tdi.
"Ushbu tarixiy tashrif Xitoy-AQSh konstruktiv strategik barqarorlik munosabatlarining mazmunini boyitdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda umumiy barqarorlikni ta’minladi va bu munosabatlar tarixida yangi bob ochdi va yozdi, bu butun dunyoda tinchlik va taraqqiyotga keng ta’sir ko‘rsatadi", dedi vazir.
Shuningdek, Van I Si Szinpinning "xotirjam rahbarlik uslubi” amerikaliklarda chuqur tassurot qoldirganini ham aytib o‘tdi.
“Si Szinpinning "ishonchli va xotirjam rahbarlik uslubi Amerikadagi barcha soha vakillarida chuqur taassurot qoldirdi va ularda Xitoyni yaxshiroq bilish istagini uyg‘otdi”, - dedi Van I.
XXR Raisi Si Szinpin 24-25 sentabr kunlari AQShga davlat tashrifi bilan bordi. Tashrif doirasida Oq Uyda rasmiy qabul marosimi, Tramp va Si Szinpin orasida tor va keng doiradagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.