Provokatsiyalar Kiyevning ahvolini yanada yomonlashtiradi — Putin
10:17 26.09.2026 (yangilandi: 10:51 26.09.2026)

© POOL
/ Obuna bo‘lish
Putin jurnalistlarning Ukraina muzokaralari, Yevropada Rossiyaga qarshi vahimalar hamda Rossiyaning Kiyev hujumlariga javobi haqidagi savollariga javob berdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainaning har bir harakatiga javob qaytara boshladi - Kiyev provokatsiyalar ularning ahvolini yanada yomonlashtirayotganini tushunishi kerak, dedi Vladimir Putin 25-sentabr kuni Sankt-Peterburgdagi Birlashgan madaniyatlar xalqaro forumida.
Rossiya prezidenti matbuot anjumanidan asosiy fikrlar:
Kiyev saylovdan bir necha kun oldin tinchlik muzokaralarini boshlash niyatini bildirdi. Rossiya saylovdan so‘ng Kiyev bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor edi, ammo Ukraina Moskvaga zarba berishga urinib, saylov uchastkalariga hujum qildi;
Kiyev fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni boshlagan, endi buning javobini his qilishi kerak;
Ukraina Qurolli Kuchlarida "Geran"larga qarshi kurashish imkoniyati yo‘q;
Rossiyaning Kiyev hujumlariga javobi shunchalik sezilarli va halokatli bo‘ldiki, ular darhol o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ray boshladi;
Tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha barcha takliflar "stol ustida" turibdi, ammo Rossiya o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, yana o‘ylab ko‘rishi kerak;
YeI elitasi tajovuzkor Ukrainani pul bilan ta’minlashni davom ettirish va ukrainaliklarni qurol sifatida ishlatish maqsadida yevropaliklarni aldab kelmoqda;
Rossiya Yevropa bilan urushga tayyorlanmayapti - buning uchun hech qanday sabab va asos yo‘q;
Rossiya tahdidi va YeIda urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqidagi bayonotlar - vaziyatni ataylab bo‘rttirish va provokatsiya;
Rossiya Boltiqbo‘yida rus tilida so‘zlashuvchilarning huquqlari poymol etilayotganini biladi, ammo bunga gumanitar sohada munosabat bildirmoqda. U yerdagi "fuqaroligi yo‘qligi" haqidagi gap-so‘zlar safsata;
Rossiyaning AQSh bilan munosabatlari bugungi kunda deyarli nolga tushgan;
ARES sammitiga borish Rossiyadagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
XII Sankt-Peterburg xalqaro birlashgan madaniyatlar forumi 24-26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Forumda 70ta davlatdan 2500dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.