O‘zbekiston va Rossiya madaniy hamkorlikni rivojlantiradi

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaSostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva.
Sostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2026
Obuna bo‘lish
Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Rossiya madaniyat vaziri o‘rinbosari Andrey Malishev bilan uchrashdi.
Uchrashuv shaharda 24–26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan XII Xalqaro birlashgan madaniyatlar forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba Minkulturi Uzbekistana
Sostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva. - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Press-slujba Minkulturi Uzbekistana
Sostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva. - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Press-slujba Minkulturi Uzbekistana
Sostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva. - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Press-slujba Minkulturi Uzbekistana
Sostoyalas vstrecha pervogo zamestitelya ministra kulturi Uzbekistana Nodirbeka Sayfullayeva i zamestitelya ministra kulturi RF Andreya Malisheva. - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikning joriy holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, Rossiyaning mashhur teatrlarida sahnalashtirilayotgan spektakllarni O‘zbekistonda namoyish etish, taniqli rus aktor va aktrisalari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek, ikki davlat teatrlari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash hamda ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuvda joriy yilda Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlariga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ham muhokama qilindi. Rossiya tomoni O‘zbekiston madaniyati kunlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, madaniyat kunlari tadbirlari ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ijodiy jamoalar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish hamda yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasining Madaniyat kunlari o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Rossiyaning musiqa, teatr, kino va boshqa san’at yo‘nalishlarini qamrab olgan madaniy dasturlar namoyish etildi.
Balet Shelkunchik. Spektakl Akademii russkogo baleta imeni A. Ya. Vaganovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Toshkentda Rossiya san’atining "San’at dunyosi" festivali bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0