Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII Tailand bilan hamkorlikni rivojlantiradi

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2026
Obuna bo‘lish
Ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishi 2027-yil fevralida Bangkokda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Tailand bilan muloqotni rivojlantirishga tayyor.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev Tailand bosh vazirining maslahatchisi Virapong Prapx bilan muhokama qildi.
“Osiyo mintaqasi jahon iqtisodiyotida katta o‘rin egallab, ijobiy sur’atni namoyon etmoqda. Bu esa ASEANning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri bo‘lgan Tailand bilan muloqotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari energetika, texnologik rivojlanish, oziq-ovqat ta’minoti, raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi", - dedi YeIK vaziri Maniladagi uchrashuvda.
Tomonlar YeOII mamlakatlari va Tailandda biznes yuritish xususiyatlari haqida ishbilarmon doiralarni xabardor qilish uchun qo‘shma seminarlar o‘tkazishga o‘zaro qiziqish bildirishdi.
Shuningdek, ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishini 2027-yil fevral oyida Bangkok shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ASEAN iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqda
Yangiliklar lentasi
0