https://oz.sputniknews.uz/20260924/tashkent-metro-ozgarishlar-rejalar-60711486.html
Yo‘lovchilar oqimi olti baravar oshdi: Toshkent metrosida 10-yillik o‘zgarishlar va rejalar
Yo‘lovchilar oqimi olti baravar oshdi: Toshkent metrosida 10-yillik o‘zgarishlar va rejalar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosida so‘nggi 10-yilda 33 km yangi yo‘l va 21 ta bekat qurildi. Tarmoq uzunligi 71 kmga, bekatlar soni 50 taga yetdi, kunlik yo‘lovchilar oqimi esa 1,1 milliondan oshdi.
2026-09-24T16:23+0500
2026-09-24T16:23+0500
2026-09-24T16:28+0500
metro
toshkent metropolitenining sergeli yo‘nalishi
toshkent
jamoat transporti
poyezd qatnovi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38378409_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5a0d93c22a77a08b2f68d80cbfba6ff5.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Toshkent metropoliteni 1977-yilda ishga tushirilgan. 2016-yilga kelib poytaxt metro tarmog‘i 29 ta bekat va 38 kilometr yo‘ldan iborat bo‘lib, kuniga o‘rtacha 180–200 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar edi. So‘nggi o‘n yilda esa metro infratuzilmasi sezilarli darajada kengaydi.Bu haqda va metrodagi so‘nggi o‘n yillik o‘zgarishlar va kelgusi rejalar haqida "Toshkent metropoliteni" AJ yoshlar yetakchilari kengashi raisi Mirolim Mirhusanov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.33 kilometr yangi yo‘l va 21 ta bekat2016–2026 yillarda Toshkentda 33 kilometr yangi metro yo‘li qurildi va 21 ta yangi bekat foydalanishga topshirildi.Natijada metro tarmog‘ining umumiy uzunligi 38 kilometrdan 71 kilometrga, bekatlar soni esa 29 tadan 50 taga yetdi.Shu tariqa, o‘n yil ichida qurilgan yangi metro yo‘llarining uzunligi 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan butun tarmoq hajmiga yaqinlashdi.Yo‘lovchilar soni 1,2 mln nafarga yaqinlashdiMetro tarmog‘ining kengayishi bilan yo‘lovchilar oqimi ham bir necha baravar oshdi.2016 yilda metrodan kuniga o‘rtacha 180–200 ming kishi foydalangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 1,2 mln nafarga yaqinlashgan.Yo‘lovchilar oqimining o‘sishi harakat tarkibini yangilash va poyezdlar qatnovini ko‘paytirishni ham talab qildi.55 ta zamonaviy poyezd tarkibi xarid qilindiAvval metropolitenda 40 ta eski turdagi poyezd tarkibi mavjud edi. Keyingi yillarda 55 ta yangi zamonaviy poyezd tarkibi xarid qilindi.Faqat 2026-yilning o‘zida 14 ta zamonaviy poyezd olib kelinib, foydalanishga topshirildi.Ayni paytda metropolitenda jami 91 ta poyezd tarkibi mavjud bo‘lib, ularning 55 tasini yangi zamonaviy poyezdlar tashkil etadi.Poyezdlar orasidagi interval qisqardiYangi poyezdlarning xarid qilinishi asosiy yo‘nalishlarda qatnov oralig‘ini sezilarli qisqartirish imkonini berdi.Chilonzor yo‘nalishida tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakat intervali 2021-yildagi 5 daqiqadan 1,5–2 daqiqagacha, O‘zbekiston yo‘nalishida 6 daqiqadan 3 daqiqagacha, Yunusobod yo‘nalishida 11 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqardi.Yer usti halqa yo‘nalishida esa poyezdlar orasidagi vaqt 12 daqiqadan 8 daqiqagacha kamaydi.Bekatlarda ham infratuzilma yangilandiSo‘nggi yillarda metro bekatlarining infratuzilmasi ham bosqichma-bosqich modernizatsiya qilindi."Xalqlar do‘stligi", "Novza", "Mustaqillik maydoni", "Paxtakor" va "Hamid Olimjon" bekatlaridagi eskalatorlar yangilandi."Chilonzor", "Paxtakor", "Buyuk ipak yo‘li", "Amir Temur xiyoboni", "Beruniy", "Do‘stlik", "Chorsu", "Mustaqillik maydoni", "Olmazor", "Bodomzor" va "Chinor" bekatlarida ona va bola xonalari hamda jamoat hojatxonalari tashkil etildi.Metro tonnellarida mobil aloqaAvval metroga tushganda mobil aloqa uzilib qolishi odatiy hol edi. Bugun esa metropolitenda raqamli xizmatlar ham kengaytirildi.Bekatlarda Wi-Fi xizmatlari yo‘lga qo‘yildi, tonnellarda mobil aloqa imkoniyatlari yaxshilandi. Yo‘lovchilarga yer ostida ham mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.Yo‘l haqini bank kartalari, mobil ilovalar va ATTO orqali to‘lash bilan birga Face Pay va Palm Pay kabi texnologiyalar ham joriy qilindi.Metro quyosh energiyasidan ham foydalanmoqdaElektr depolarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Ular ishlab chiqargan elektr energiyasi metropoliten ehtiyojlari uchun ishlatiladi, ortiqcha energiyani umumiy elektr tarmog‘iga uzatish imkoniyati ham mavjud.Metro xodimlari quyosh panellarini tozalash uchun maxsus moslama ham ishlab chiqishgan.Metropolitenda qariyb 6 ming kishi ishlaydiAyni paytda Toshkent metropolitenida qariyb 6 ming nafar xodim mehnat qiladi. Ularning 2 400 nafari yoshlar.Oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 2021-yilda 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragiga kelib 29 foizga yetgan.2030 yilgacha metro qanday o‘zgaradi?Toshkent metro tarmog‘ini kengaytirish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.2030 yilgacha metro tarmog‘ini 103 kilometrga, bekatlar sonini 79 taga yetkazish maqsad qilingan.Shuningdek, kunlik yo‘lovchilar oqimini 1,8 million nafargacha oshirish hamda poyezdlar harakat intervalini 2–3 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan.Shunday qilib, 2016-yildan buyon Toshkent metro tarmog‘i 38 kilometrdan 71 kilometrga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetdi. Kunlik yo‘lovchilar oqimi esa 180–200 ming nafardan 1,1 milliondan ortiqqa ko‘paydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260526/metro-yonalish-loyiha-57869806.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38378409_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_5e0c8527c3e7542ea42cbd0633b11688.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
metro, toshkent metropolitenining sergeli yo‘nalishi , toshkent, jamoat transporti, poyezd qatnovi, jamiyat
metro, toshkent metropolitenining sergeli yo‘nalishi , toshkent, jamoat transporti, poyezd qatnovi, jamiyat
Yo‘lovchilar oqimi olti baravar oshdi: Toshkent metrosida 10-yillik o‘zgarishlar va rejalar
16:23 24.09.2026 (yangilandi: 16:28 24.09.2026) Eksklyuziv
So‘nggi o‘n yilda Toshkent metrosida 33 kilometr yangi yo‘l va 21 ta bekat qurildi, kunlik yo‘lovchilar oqimi esa 180–200 mingdan qariyb 1,2 million nafarga yetdi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Toshkent metropoliteni 1977-yilda ishga tushirilgan. 2016-yilga kelib poytaxt metro tarmog‘i 29 ta bekat va 38 kilometr yo‘ldan iborat bo‘lib, kuniga o‘rtacha 180–200 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar edi. So‘nggi o‘n yilda esa metro infratuzilmasi sezilarli darajada kengaydi.
Bu haqda va metrodagi so‘nggi o‘n yillik o‘zgarishlar va kelgusi rejalar haqida "Toshkent metropoliteni" AJ yoshlar yetakchilari kengashi raisi Mirolim Mirhusanov
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
33 kilometr yangi yo‘l va 21 ta bekat
2016–2026 yillarda Toshkentda 33 kilometr yangi metro yo‘li qurildi va 21 ta yangi bekat foydalanishga topshirildi.
Natijada metro tarmog‘ining umumiy uzunligi 38 kilometrdan 71 kilometrga, bekatlar soni esa 29 tadan 50 taga yetdi.
Shu tariqa, o‘n yil ichida qurilgan yangi metro yo‘llarining uzunligi 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan butun tarmoq hajmiga yaqinlashdi.
Yo‘lovchilar soni 1,2 mln nafarga yaqinlashdi
Metro tarmog‘ining kengayishi bilan yo‘lovchilar oqimi ham bir necha baravar oshdi.
2016 yilda metrodan kuniga o‘rtacha 180–200 ming kishi foydalangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 1,2 mln nafarga yaqinlashgan.
Yo‘lovchilar oqimining o‘sishi harakat tarkibini yangilash va poyezdlar qatnovini ko‘paytirishni ham talab qildi.
55 ta zamonaviy poyezd tarkibi xarid qilindi
Avval metropolitenda 40 ta eski turdagi poyezd tarkibi mavjud edi. Keyingi yillarda 55 ta yangi zamonaviy poyezd tarkibi xarid qilindi.
Faqat 2026-yilning o‘zida 14 ta zamonaviy poyezd olib kelinib, foydalanishga topshirildi.
Ayni paytda metropolitenda jami 91 ta poyezd tarkibi mavjud bo‘lib, ularning 55 tasini yangi zamonaviy poyezdlar tashkil etadi.
Poyezdlar orasidagi interval qisqardi
Yangi poyezdlarning xarid qilinishi asosiy yo‘nalishlarda qatnov oralig‘ini sezilarli qisqartirish imkonini berdi.
Chilonzor yo‘nalishida tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakat intervali 2021-yildagi 5 daqiqadan 1,5–2 daqiqagacha, O‘zbekiston yo‘nalishida 6 daqiqadan 3 daqiqagacha, Yunusobod yo‘nalishida 11 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqardi.
Yer usti halqa yo‘nalishida esa poyezdlar orasidagi vaqt 12 daqiqadan 8 daqiqagacha kamaydi.
Bekatlarda ham infratuzilma yangilandi
So‘nggi yillarda metro bekatlarining infratuzilmasi ham bosqichma-bosqich modernizatsiya qilindi.
"Xalqlar do‘stligi", "Novza", "Mustaqillik maydoni", "Paxtakor" va "Hamid Olimjon" bekatlaridagi eskalatorlar yangilandi.
"Chilonzor", "Paxtakor", "Buyuk ipak yo‘li", "Amir Temur xiyoboni", "Beruniy", "Do‘stlik", "Chorsu", "Mustaqillik maydoni", "Olmazor", "Bodomzor" va "Chinor" bekatlarida ona va bola xonalari hamda jamoat hojatxonalari tashkil etildi.
Metro tonnellarida mobil aloqa
Avval metroga tushganda mobil aloqa uzilib qolishi odatiy hol edi. Bugun esa metropolitenda raqamli xizmatlar ham kengaytirildi.
Bekatlarda Wi-Fi xizmatlari yo‘lga qo‘yildi, tonnellarda mobil aloqa imkoniyatlari yaxshilandi. Yo‘lovchilarga yer ostida ham mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Yo‘l haqini bank kartalari, mobil ilovalar va ATTO orqali to‘lash bilan birga Face Pay va Palm Pay kabi texnologiyalar ham joriy qilindi.
Metro quyosh energiyasidan ham foydalanmoqda
Elektr depolarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Ular ishlab chiqargan elektr energiyasi metropoliten ehtiyojlari uchun ishlatiladi, ortiqcha energiyani umumiy elektr tarmog‘iga uzatish imkoniyati ham mavjud.
Metro xodimlari quyosh panellarini tozalash uchun maxsus moslama ham ishlab chiqishgan.
Metropolitenda qariyb 6 ming kishi ishlaydi
Ayni paytda Toshkent metropolitenida qariyb 6 ming nafar xodim mehnat qiladi. Ularning 2 400 nafari yoshlar.
Oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 2021-yilda 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragiga kelib 29 foizga yetgan.
2030 yilgacha metro qanday o‘zgaradi?
Toshkent metro tarmog‘ini kengaytirish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.
2030 yilgacha metro tarmog‘ini 103 kilometrga, bekatlar sonini 79 taga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, kunlik yo‘lovchilar oqimini 1,8 million nafargacha oshirish hamda poyezdlar harakat intervalini 2–3 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan.
Shunday qilib, 2016-yildan buyon Toshkent metro tarmog‘i 38 kilometrdan 71 kilometrga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetdi. Kunlik yo‘lovchilar oqimi esa 180–200 ming nafardan 1,1 milliondan ortiqqa ko‘paydi.