O‘zbekistonda 67 ta sun’iy intellekt loyihasi uchun 50 mln dollar ajratildi — Shadmanov

© SputnikZamdirektora Sentra razvitiya iskusstvennogo intellekta i sifrovoy ekonomiki Zuxriddin Shadmanov
Zamdirektora Sentra razvitiya iskusstvennogo intellekta i sifrovoy ekonomiki Zuxriddin Shadmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi 67 ta SI loyihasini amalga oshirmoqda. Ular uchun 50 mln dollar ajratilgan.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hozirda SI sohasida 67 ta loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda ICT Week Uzbekistan doirasida markaz direktori o‘rinbosari Zuhriddin Shadmanov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 50 million dollar ajratilgan.

"Bugungi kunda deyarli barcha loyihalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar o‘tkazildi va ularni amalga oshirish uchun ijrochi kompaniyalar belgilandi", — dedi Shadmanov.

Shu bilan birga, markaz boshqa davlat tashkilotlari tomonidan sun’iy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni ham monitoring qilib bormoqda.

"Hozirda 280 taga yaqin shunday loyiha mavjud va ular bo‘yicha ham monitoring ishlari olib borilmoqda", — dedi u.

Shadmanovning aytishicha, sun’iy intellekt texnologiyalarini hududlarda, jumladan, tuman darajasigacha joriy etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Bu jarayon doirasida viloyat va tuman hokimlarining raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchilari belgilangan. Ayni paytda ularning ushbu yo‘nalishdagi malaka va ko‘nikmalarini oshirish ishlari ham tashkil etilmoqda.
V Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Toshkentda ICTWeek Uzbekistan 2026 boshlandi — asosiy yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0