Donald Tramp Xalqaro jinoyat sudiga a’zo davlatlarni uni tark etishga chaqirdi

© © REUTERS / Brendan McDermidPrezident SShA Donald Tramp vistupayet na 81-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Prezident SShA Donald Tramp vistupayet na 81-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Xalqaro jinoyat sudini keskin tanqid qilib, uni tark etishga chaqirdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Xalqaro jinoyat sudiga (XJS) a’zo barcha davlatlarni ushbu institutni tark etishga chaqirdi. U bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida ma’lum qildi.
"Men XJSga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarni ushbu o‘zboshimcha institutdan rasman chiqishga chaqiraman", — dedi Tramp.
AQSh prezidenti, shuningdek, Vashington amerikalik harbiy xizmatchilarning XJS tomonidan ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. AQSh sud faoliyatining huquqiy asosi bo‘lgan Rim statuti ishtirokchisi emas.
Avvalroq "Wall Street Journal" AQSh amaldorlariga tayanib, Tramp ma’muriyati XJSga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, choralar sudning xalqaro moliyaviy tizimdan foydalanish imkoniyatlarini jiddiy cheklashi mumkin.
Ayni paytda Rim statutiga 125 ta davlat a’zo.

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi 8-sentabr kuni Nyu-Yorkda ochildi. Umumiy munozaralar 22–26 sentabr kunlari davom etadi va 28-sentabrda yakunlanadi.

O‘zbekiston nomidan umumiy munozaralarda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zlashi kutilmoqda. U Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashdi.

Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. Uning Bosh Assambleyada 26-sentabr kuni nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Mejdunarodniy ugolovniy sud v Gaage. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
AQSh Xalqaro jinoyat sudi rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi — nizo sabablari
Yangiliklar lentasi
0