SI yordamchi, ovozli ariza va hujjatlarni tanib olish — MyGov xizmatlari yengillashadi

© SputnikMobilnoe prilojenie MyGov ustanovili bolee 16 mln polzovateley
Mobilnoe prilojenie MyGov ustanovili bolee 16 mln polzovateley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
MyGov platformasida SI yordamchi, arizani ovoz orqali to‘ldirish va hujjatlarni avtomatik tanib olish imkoniyatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. MyGov platformasida davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtiradigan sun’iy intellekt asosidagi uchta yechimni joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda ICT Week Uzbekistan doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili Asliddin Abdufattohov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi loyiha — MyGov AI Assistant ovozli va matnli yordamchisi. U foydalanuvchiga kerakli davlat xizmatini topish va undan foydalanish tartibini tushunishga yordam beradi.
MyGov Speech-to-Text orqali esa arizalarni ovoz bilan to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Document AI tizimi hujjatlarni o‘qish va tanib olish orqali fuqarolar hamda davlat xizmatchilari uchun qog‘oz hujjatlar bilan ishlashni yengillashtiradi.
Bugungi kunda MyGov platformasida 927 dan ortiq elektron xizmat mavjud. Ularning 557 tasi bepul, 370 tasi pullik.
Platforma ishga tushganidan beri fuqarolar va tadbirkorlar unga 250 milliondan ortiq marta murojaat qilgan. So‘nggi bir yilning o‘zida 67 milliondan ziyod murojaat qayd etilgan.
"Platformaga har kuni 250 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi, tizimga qariyb 10 ming yangi foydalanuvchi qo‘shiladi", — dedi Abdufattohov.
Eng ko‘p so‘rovlar litsenziyalash, ta’lim va ko‘chmas mulk sohalariga to‘g‘ri keladi. Biznes, iqtisodiyot, transport, turizm, madaniyat va sport yo‘nalishlaridagi xizmatlardan ham faol foydalanilmoqda.
MyGov mobil ilovasini 16 milliondan ortiq foydalanuvchi o‘rnatgan. Ilovada 667 ta xizmat mavjud bo‘lib, bu barcha elektron xizmatlarning qariyb 72 foizini smartfon orqali olish imkonini beradi.
Shuningdek, 200 dan ortiq xizmat "uch qadam" tamoyili asosida soddalashtirilgan, 130 dan ziyod kompozit va 21 ta proaktiv xizmat joriy etilgan. Ilgari qog‘oz shaklida to‘planadigan 150 dan ortiq ma’lumotnoma bekor qilingan.
Yediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug (YePIGU). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2026
Birinchi martdan "propiska" ma’lumotlarini onlayn to‘g‘rilash mumkin bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0